So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  85 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Xabi Alonso: Simeone – supermurabbiy Yangiliklar

Xabi Alonso: Simeone – supermurabbiy

Bavariyaning ispaniyalik yarim himoyachisi Xabi Alonso CHL guruh raundi 2-turidan o'rin olgan Atletikoga qarshi bahs arafasida Marca muxbirining intervyu haqidagi iltimosini rad etmay, ko'plab qiziqarli savollarga javob qaytardi.

Alonsoning hindular bilan qarama-qarshiligi 2003 yilning 25 yanvarida boshlangan bo'lib, u shu davr mobaynida turli jamoalar safida 24 marta matraschilar ustidan g'alaba qozonishga urinib ko'rgandi (umumiy natija - 16ta g'alaba, 4ta durang va 4 marta mag'lubiyat). Navbatdagi to'qnashuvda (Atletiko - Bavariya-1:0) Xabi 5-marta maydonni bosh egib tark etdi. Qizig'i, Atletiko o'tgan mavsum nemis grandini qatorasiga 3-marta nufuzli turnir yarim finalida musobaqadan chiqarib yuborgandi. Mana, ispan klubi endi guruh bosqichida ham g'alabani tantana qildi.

- Xabi, bundesliganing dastlabki 4ta uchrashuvida 2ta gol urding. Demak, ikkinchi navqironlik davrini boshlagan ko'rinasan.

- Ochig'i, bu ikkinchi navqironlikmi yoki uchinchisimi, o'zim ham bilmayman (kuladi). Muhimi, bosh murabbiy o'zgarganidan keyin jamoa avvalgidek ishonchli o'ynayotganidan xursandman.

- 34 yoshda bo'lishingga qaramay, Bavariyadek top-klubda munosib to'p suryapsan. Bu holat o'zingni-da hayron qoldirayotgandir...


- Sosedad safidan joy olganimdayoq ko'zlagan maqsadimga etganman. CHunki professional futbolchi bo'lish xayolimga ham kelmagandi. Xullas, bu darajaga ko'tarilishni o'ylamagandim.

- Joriy mavsum sen uchun Bavariyadagi so'nggisimi?


- Ehtimol. Zero, mavsum yakunida qanday ahvolda bo'lishimni aytolmayman. Ha, faoliyatimni davom ettirishni istayman. Xususan, Italiyada to'p surish niyatim bor. Lekin juda kech bo'ldimikin...

- SHartnomang 2017 yili nihoyasiga etadi. Nima bilan shug'ullanishing malummi?


- Hozircha aniq qarorga kelmadim. Mavsum davomida qaysidir variantni tanlash umididaman. Bu ko'p jihatdan jismoniy holatim va klubning xohishiga bog'liq.

- O'zingni murabbiy sifatida tasavvur qila olasanmi?


- Futbolni sevishim bois, ushbu variantni ham inkor etmayman. Ko'p narsalarni o'rgandim, eng sara murabbiylardan saboq oldim. Lekin murabbiylik murakkab soha. U nafaqat futbol, balki ko'pchilik bilan til topishish masalasida ham bilimdonlikni talab etadi.

- CHLda g'olib chiqsang, Klublar o'rtasidagi JCHda ham bosh sovrinni yutishni istaysan. CHunki kollekciyangda faqat shu medal yo'q.


- Albatta, bunday natijaga erishsak, zo'r bo'lardi. Lekin kelajagimni CHL finali belgilab bermaydi. Nufuzli turnirda Bavariya bilan g'olib chiqish - orzum. Biroq sovringa talabgorlar ko'p. SHunday ekan, ancha ter to'kish lozim.

- O'tgan mavsum azaliy orzu yo'lida Bavariyaga Atletiko to'siq qo'ygandi. Bu jamoa xususida nima deya olasan?


- Matraschilarga qarshi o'yinlar doimo qiyin kechadi. Atletiko tarkibi deyarli o'zgarmayapti. Klub Simeonening g'oyalariga ishonadi - uning asosiy yutug'i shu.

- Diego Simeonening Atletikodagi faoliyatini qayday baholaysan?


- Uning muvaffaqiyatlari hayratlanarli. Mana, jamoani grandlar qatoriga olib chiqdi. CHolo etakchilik fazilatiga ega va doimo shogirdlari hamda  muxlislar bilan yaqin aloqada.

- Mourino, Gvardiola, Anchelotti... Simeone bilan ham hamkorlik qilsang, yanada zo'r bo'lardi, shunday emasmi?


- To'g'ri. Lekin buning uchun kech bo'ldi. Diegoni qattiq hurmat qilaman, uning xizmat va natijalarini qadrlayman. Simeone supermurabbiy - bunga shubha yo'q.

- Atletikoga qarshi juda ko'p marta maydonga tushgansan. Sen uchun ulardan qay biri eng yaxshisi-yu, qaysi g'alabaning qadri balandroq?


- Men maydonga tusholmagan o'yindagi g'alaba. Axir CHL finalidagi g'alaba qadrliroq, baribir. O'shanda tribunada o'tirib (Xabi diskvalifikaciya tufayli o'sha bahsni o'tkazib yuborgandi), hayajonimni bosolmaganman. Serxio Ramosning goli hayotimdagi eng baxtli lahzalarni tortiq etgandi. Oxir-oqibat, shu gol o'yin taqdirini hal qildi - raqib ruhan sindi, Realning  kuchiga kuch qo'shildi. Qolaversa, desima Realning avvalgi alamlarini yuvib yubordi.

- Beylning g'alaba golidan keyin maydonda telbalarcha yugurganding...


- Ha, futbol bobida yashil maydondagi vulqondekman. Ehtirosim juda kuchli.

- Demak, qalban yosh boladeksan.

- Bu hissiyot barcha professionallarga xos.

- Grizmannning Sosedaddan Atletikoga o'tgach, shiddatli taraqqiyotga erishgani hayron qoldirmayaptimi?


- Uning saviyali o'yinchi ekanligini bilardim. Lekin qisqa vaqt ichida shunday darajaga ko'tarilishi - fantastika!

- Uni Ronaldu va Messi bilan yonma-yon qo'yish mumkinmi?


- Yo'q. Antuan yuksak saviya sohibi, lekin Messi va Ronaldudan orqada, baribir. Tafovut qanchaligini bilmayman. Umuman, hozircha bu juftlik bilan tenglashadigan futbolchi yo'q.

- Bavariyaning ECHLdagi asosiy raqobatchilari...?


- Ispan klublari, Yuventus va Manchester Siti.

Football.ua - S.RAHMONOV tayyorladi

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика