Xabi Alonso: “Qachonlardir “Liverpul”ni boshqarishni istayman”
11 jan 2018 22:47
Yangiliklar
Xabi Alonso: “Qachonlardir “Liverpul”ni boshqarishni istayman”
“Liverpul”ning sobiq yarim himoyachisi Xabi Alonsoning aytishicha, u qachonlardir “qizillar”ni boshqarish niyatida.
36 yoshli Alonso o'tgan yili futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylikda o'zini sinab ko'rish niyatida ekanligini malum qilgandi.
“Qachonlardir “Liverpul”ni boshqarishni orzu qilaman. Bu klub men uchun katta ahamiyatga ega. Ammo buning uchun men avval o'zimni bunga tayyorlashim va murabbiylikda o'zimni ko'rsatishim lozim. Ko'ramiz, bizning yo'limiz qaysi bosqichda kesishar ekan...” deya Alonsoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
Eslatib o'tamiz, Alonso futbolchilik faoliyati davomida “Real Sosedad”, “Bavariya” va “Real” sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar