Xabi Alonso: "Benzema - so'nggi 10 yillikning eng yaxshi futbolchilaridan biri"
24 noy 2018 00:07
Yangiliklar
Xabi Alonso: "Benzema - so'nggi 10 yillikning eng yaxshi futbolchilaridan biri"
Xabi Alonso sobiq jamoadoshi Karim Benzemani maqtadi.
"Uning o'yinlari meni o'ziga rom etadi va jamoadoshlari bilan ajoyib tandem hosil qila oladi. Har doim shu toifadagi hujumchilarning o'yiniga ishtiyoqim baland bo'lgan. Ishonamanki, Karim so'nggi 10 yillikning eng yaxshilaridan biri" - dedi Xabi Alonso.
Benzema 2009 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. Barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda, franciyalik forvard "qirollik klubi" uchun 202 gol urishga muvaffaq bo'lgan. Bu "Real" to'puralar poygasida ettinchi natija hisoblanadi.
Fikrlar