WhoScored: "Verona" - "Jenoa" o'yini uchun SHomurodovga nechchi ball qo'yildi?
20 okt 2020 12:37
Yangiliklar
WhoScored: "Verona" - "Jenoa" o'yini uchun SHomurodovga nechchi ball qo'yildi?
Kecha Italiya A Seriyasi 4-tur doirasidagi "Verona" - "Jenoa" o'yini bo'lib o'tdi.
Futboldagi statistika bilan shug'ullanuvchi taniqli WhoScored portali "Verona" - "Jenoa" o'yini uchun futbolchilarga baho berdi. SHomurodov esa asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar ichida pastroq baho oldi (6,3), ammo qolgan o'yinchilar bilan ballar bir-biriga yaqin.
Hamyurtimiz asosiy tarkibda maydonga tushdi va 63-daqiqada o'z o'rnini Skamachchaga bo'shatib berdi. SHomurodov bu vaqt davomida darvoza tomon zarba bermagan bo'lsa ham, o'yinda "yo'qolib qolmadi" va faol o'ynashga harakat qildi. O'yindagi ustunlik esa "Verona" tarafida bo'ldi, ammo "Jenoa" posboni Mattia Perin bir necha bor ajoyib seyvlar ijro etdi. Yakuniy hisob esa 0:0.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar