Vyacheslav SHevchenko: Qimmatli ochkolarni boy berdik
01 iyu 2016 10:49
Yangiliklar
Vyacheslav SHevchenko: Qimmatli ochkolarni boy berdik
Oliy liga 10-turidan joy olgan Qizilqum - Metallurg uchrashuvidan (1:1) so'ng, mezbonlarning ukrainalik legioneri Vyacheslav SHevchenko o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Afsuski, bugun ochiqchasiga omad bizdan yuz o'girdi, - deydi Vyacheslav SHevchenko. - Aniqrog'i, raqib darvozaboni va himoyachilari bexato harakat qilishdi. Golga tortadigan vaziyatlarni juda ko'plab yuzaga keltirdik. Biroq bizga zarur pallada sovuqqonlik etishmadi. Natijada muhim uchrashuvda qimmatli ochkolarni boy berdik.
Mashg'ulotlarda yomon ishlamayapmiz. Ammo asosiy uchrashuvlarda imkoniyatlarimiz darajadasida o'ynay olmayotganimiz bor gap. Metallurg bilan o'yinda muxlislar jamoamizni chiroyli qo'llab-quvvatlashdi. Bunga javoban g'alaba qozonishimiz shart edi.
Qizilqum PFK Matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar