So’nggi yangiliklar

16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  1 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  5 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1 14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  2 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  34 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  26

“Vunderkind”: Dostonbek Hamdamov: “O'zbekiston jahonning kuchli sakkiz jamoasi orasiga kirganida baxtli edim” Yangiliklar

“Vunderkind”: Dostonbek Hamdamov: “O'zbekiston jahonning kuchli sakkiz jamoasi orasiga kirganida baxtli edim”

Loyihamizning navbatdagi mehmoni “Bunyodkor” klubi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov bo'ldi.

2015 yil Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomini qo'lga kiritgan Dostonbek berilgan barcha savollarga samimiy va ochiq javob bedi.

- Keling dastlab yoshligingizni yodga olsak...
- Men Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tug'ilganman. O'zbekiston fuqarolik uyushmasi qishlog'ida katta bo'lganman. Futbolga kirib kelishim Sirdaryo viloyati “Yangier” futbol maktabi bilan bog'liq. Aynan o'sha erda futbolning ilk sir-asrorlarini o'rganganman.

- Nima uchun aynan futbolni tanlagansiz?
- Bizning qishloqda futbolni juda sevishardi. Yoshligimdan ko'pchilik bolalar singari ko'chada to'p tepishni boshlaganman. Bekoboddan ko'p taniqli futbolchilar etishib chiqqanini barcha biladi. Ularga havas qilib men ham futbolchi bo'lishni istagandim. Intilishim va qobiliyatimni ko'rgan akam meni futbol maktabiga olib borgandi.  SHunday qilib futbolga kirib kelgandim.



- Katta futbolda ko'pchilik sizni 2011 yil taniy boshlagan. O'shanda Toshkentda o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etgansiz.
- O'sha paytda juda yosh bo'lganmiz. To'g'risini aytsam futbolni u qadar yaxshi tushunmaganmiz. Raqiblar juda kuchsiz bo'lganmi yoki boshqa sababmi yirik hisoblarda g'alabaga erishib Osiyo chempionatiga yo'llanma olgandik. Qirg'izistonni 7:0, Hindistonni 9:0 hisoblarini taslim qilganimiz yodimda qolgan.

- Bir yil o'tib Eronda o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati qatnashib chempion bo'lgansiz. O'sha musobaqani yodga olamiz.

- Osiyo chempionati juda ham yodda qolarli bo'lgandi. Barcha biladi o'shanda jamoamiz xatto guruhda ham qolib ketishi mumkin edi. Eng og'ir o'yin Janubiy Koreyaga qarshi bahs bo'lgan. O'rtada Jahon chempionati chiptasi turgandi. Koreyslar guruhda barcha o'yinlarda g'alabaga erishib bizni kutib turardi. Biz esa penaltilar seriyasida ularni taslim qilgandik. Yakunda Osiyo chempioni bo'lish...buni oddiy so'zlar bilan tariflab bera olmayman. O'sha kun hayotimdagi eng baxtli kunlarimdan biri bo'lgan.

- Osiyo chempionatiga ketish oldidan shaxsan siz qaysi bosqichga qadar etib borishga ishongandingiz?
- Barcha jamoa musoabaqaga borishdan oldin o'z oldiga yuksak maqsdalarni qo'yadi. Biz ham Eronga ketishdan oldin Jahon chempionatiga yo'llanma olish va Osiyo chempioni bo'lishni maqsad qilgandik.



- 2013 yil BAAda O'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tgandi. Ushbu mundialdan qanday xotiralar qolgan?
- Birinchi Jahon chempionatida barcha hayajonlanishi tabiiy. O'z qitasining eng kuchli jamoalari bilan guruhda o'ynagandik. Ilk turda Panamani mag'lub etib o'zimizga bo'lgan ishonch oshib ketgandi. Marokash bilan durang natijasi qayd etilgan. So'nggi turda Evropa vakili Xorvatiya ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishgandik. O'sha paytda xorvatiyaliklar safida “Barselona”ga o'tgan Alen Xalilovich to'p tepardi. CHorak finalda Gondurasga to'qnash kelgandik. Do'stim Akrom Komilov birinchi bo'limda qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. 10 kishi bo'lib ham yomon o'ynamagandik, omadsizlik tufayligina Gonrudasga yutqazib qo'ygandik. Nasib qilsa hali milliy terma jamoa bilan birga Jahon chempionatiga chiqamiz.

- O'tgan yil Myanmada yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ham qatnashdingiz...
- O'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgach o'zimizga bo'lgan ishonch ortgandi. Osiyo chempionatida o'zimizdan bir yosh katta futbolchilarga qarshi o'ynagandik. Qitaning eng kuchli jamoalari bilan o'ynaganmiz. Guruhda Indoneziyani mag'lub etib BAA va Avstraliya bilan durang qayd etganmiz. CHorak finalda Tailandni 2:1 hisobida taslim qilib yana bir bor Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgandik.



- Yarim finalda jamoaga nima bo'lgandi? SHimoliy Koreyadan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatni qanday izohlaysiz?
- To'g'risi o'sha o'yinda nima bo'lganini bilmayman. Balki barcha yigitlar o'yinga birdek tayyorgarlik qila olmagandir yoki boshqa sabab bo'lishi mumkin. KXDRning deyarli barcha hujumi gol bilan yakunlangandi.

- Endi shu yil may oyida Yangi Zelandiyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati taassurotlari bilan o'rtoqlashing. Ushbu mamlakat mundialni qanday o'tkazdi?
- Yangi Zelandiyadagi mundialdan ajoyib taassurotlar qoldi. Tarkibimiz juda kuchli edi. Guruhda ikkita o'yinda yutqazgan bo'lsak ham Fijini yutib keyingi bosqichga chiqqandik. Avstriyaga qarshi o'yindagi g'alabada faqat mening emas butun jamoamning xissasi katta bo'lgan. Gollarim yordamida O'zbekiston jahonning kuchli sakkiz jamoasiga orasiga kirganidan baxtli edim. Ajoyib o'yin bo'lgandi. Yangi Zelandiyada mundial etarli saviyada tashkil etildi. Hech qanday qiyinchilik yoki muammoga duch kelganimiz yo'q.

- Endi klubdagi faoliyatingizga o'tsak...
- “Bunyodkor” akademiyasiga kelganimdayoq Sergey Lushan qo'l ostida shug'ullanganman. Ko'pchilik yigitlarni katta futbolga olib kirgan murabbiy aynan Lushan bo'ladi. Ulardan doim minnatdorman. Osiyo chempionlar ligasidek nufuzli musobaqada qo'rqmay yosh futbolchilarga ishonch bildirdi.



- Yanvar oyida Qatardagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. O'zbekiston Olimpiadaga chiqa oladimi?
- Xudo xohlasa chiqamiz. Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi hozirga qadar Olimpiada o'yinlariga chiqa olmagan. Qatardagi Osiyo chempionatida sovrindor bo'lib o'z nomimizni tarixga yozib qo'yishga va Rio-De-Janeyrodagi olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishga harakat qilamiz.

- Siz bilan birga ishlagan murabbiylar haqida nima deya olasiz?
- Faoliyatimdagi barcha murabbiylarni juda hurmat qilaman. Barchaning o'z qarashi, o'z taktikasi bor. Lekin barcha bilan tezda til topishib ketganman. Dilshod Nuraliev bilan juda yoshligimda ishlganman, Ravshan Haydarov bilan Yangi Zelandiyadagi mundialda ishladik. Sergey Lushan haqida yuqorida aytib o'tdim. Fursatdan foydalanib barcha murabbiylarimga rahmat aytib qolaman.

- Xorijda sevimli klubingiz qaysi?
- Jamoalarni ajratmayman. Kuchli jamoalar ishtirokidagi o'yinlarni tomosha qilishni yoqtiraman. “Borussiya D”, “Bavariya”, “Barselona”, “Real Madrid” kabi jamoalar o'ynashsa maza qilib tomosha qilaman. Sevimli jamoam yo'q.



- Mayron Mendez va Nairube. Bu futbolchilarni eslay olasizmi?
- To'g'risi eslay olmadim. Balki bizga qarshi o'ynagan futbolchilardir. To'g'risi raqiblarning ism familiyasini yodlab olmaganman.

- Mendez Hindistonlik futbolchi. Uning goli evaziga guruhdan chiqqandik va Osiyo chempioni bo'lgandik. Nairube esa Fiji darvozaboni.
- Fijiga gol urmaganim uchun eslay olmadim shekilli (kuladi).

- 2015 yil Osiyo qitasida eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga ega chiqdingiz. Hissiyotlar bilan o'rtoqlashsangiz.
- Osiyoning 2015 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini nafaqat meniki, balki jamoadosh do'stlarim, murabbiylarim, murabbiylarim va oila azolarimga ham tegishlidir. Ushbu sovrin “Bunyodkor”da yoshlar bilan ishlash juda to'g'ri yo'lga qo'yilganligidan dalolat berib turibdi. SHuningdek, muvaffaqiyat zamirida yurtimizda futbolga berilayotgan etibor samarasi ham borligini alohida takidlamoqchiman. Ishonchni oqlash uchun bor kuchimni ishga solishda va yurtimiz futboli rivojiga o'z hissamni qo'shishda davom etaman.


Savol-javob yakunlangach futbolchi ikkita shartni bajardi. Quyidagi video orqali Dostonbek Hamdamov Zidan va Suaresni qanchalik o'xshata olganini va bozordagi narxlarni qanchalik bilishini ko'rish mumkin.

Video bo'limida TAS-IX hududida ham tomosha qilish mumkin.


Zarina Alimova va Omonjon To'xtamirzaev suhbatlashishdi
Foto: Tolibjon Qosimov


Vunderkind #1: SHerzod Karimov: “Jahon chempioni darvozasiga urgan golimni hech qachon unutmayman”

Vunderkind #2: Akrom Komilov: “Red Bull Zalcburg” klubiga o'tishga juda yaqin edim”

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика