So’nggi yangiliklar

16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  1 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  5 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1 14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  2 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  34 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  26

“Vunderkind”: Akrom Komilov: “Red Bull Zalcburg” klubiga o'tishga juda yaqin edim” Yangiliklar

“Vunderkind”: Akrom Komilov: “Red Bull Zalcburg” klubiga o'tishga juda yaqin edim”

Loyihamizning ikkinchi mehmoni “Bunyodkor” klubi himoyachisi Akrom Komilov bo'ldi.

Ushbu mavsum “qaldirg'ochlar”ning asosiy futbolchisiga aylangan Akrom o'zi ishtirok etgan qita chempionatlari, mundiallar haqida gapirib berdi.

- Avvalo bolalikni eslaymiz. Qaerda tug'ilgansiz, bolalik qaerda o'tgan...
- Men Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida tug'ilganman. 5 sinfga qadar “Spartak” jamoasi maktabida shug'ullanganman. Keyin Farg'ona bolalar futbol internatida o'qishni davom ettirganman. Qo'qon shahrida “Quruvchi” jamoasi musobaqa o'tkazgan. O'shanda jamoam safida o'zimni ko'rsatgan bo'lsam kerak meni “Quruvchi” akademiyasiga taklif qilishgan.  6 yildan buyon shu jamoa sharafini himoya qilib kelayapman.



- Nima uchun aynan futbol? Ilk murabbiyingiz haqida gapirib bering.
- Dadam futbolga juda qattiq qiziqardi. Aynan dadam meni futbolga olib borgandi. Bundan tashqari oilamizda azaldan futbolchilar etishib chiqqan edi.

- 2012 yil Eronda tashkil etilgan Osiyo chempionatida haqida nima deya olasiz? Jamoamiz guruhdan qiyinchilik bilan chiqib yakunda chempion bo'lgandi.
- Osiyo chempionati guruh bosqichi biz uchun og'ir o'tgan. Oxirgi turda g'olib bo'lsak keyingi bosqichga chiqardik. Ammo Suriyaga yutqazib qo'yganmiz, futbolchilarning deyarli barchasi maydonning o'zida yig'lagandi. SHu payt narigi o'yinda Hindiston so'nggi daqiqalarda gol urib hisobni tenglashtirgani va o'yin 2:2 hisobida tugagani haqida xabar keldi. Bu esa O'zbekiston chorak finalga chiqqanini anglatardi. Juda quvonib ketgandik. Bizda imkoniyat paydo bo'lgani uchun barcha yigitlar yig'ilib mana yaratganing o'zi bizga imkoniyat yaratib berdi endi mag'lub bo'lishga haqqimiz yo'q deb aytgandik. Janubiy Koreyaga qarshi juda yaxshi tayyorlanib g'alabaga erishgandik. Yarim finalda musobaqa mezboni Eron bilan o'ynashimiz kerak edi. Mahalliy matbuot “O'zbekistonni juda ham kuchsiz”, “Ularni 5:1 hisobida mag'lub etamiz” degan sarlavhalar bilan chiqish qilgandi. Biz esa maydonga tushib Eroni taslim qilib kim kuchliligini isbotlab qo'ygandik. Final esa juda ham qiyin bo'lgandi. Yaponiyaga qarshi 120 daqiqa o'ynagandik. Yigitlar charchashgandi, ammo penaltilar seriyasiga etib olsak ularni mag'lub etishimizga ishonardik. Xudoga shukurki Osiyo chempioni bo'ldik va xalqimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lgandi.



- 2013 yil BAAda O'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tgandi. Faoliyatingizdagi dastlabki mundialdan qanday xotiralar qolgan?
- Jahon chempionati juda katta bayram hisoblanadi. Bu faqat jamoaviy to'qnashuvlar emas, futbolchilar uchun ham katta imkoniyat forumi hisoblanadi. BAAga ketishdan oldin oldimizga yarim finalga etib borish vazifasi qo'yilgandi. Ko'pchilik bizga ishonmagan, xatto guruhdan chiqa olishmaydi deb taxminlar qilishgandi. Guruh bosqichida kuchli raqiblar bilan o'ynab 7 ochko to'plaganmiz.

- Gonduras bilan o'yinda qizil kartochka olgansiz...O'sha vaziyatda nima bo'lgandi?
- Raqib hujumchisi qochib ketgandi, uni yiqitishga majbur bo'lgandim. To'g'risi nima qilayotganimni bilmay ham qolgandim. Qizil kartochkani ko'rib jamoamga pand berib qo'yganimni anglab etgandim. Tan olaman mening aybim tufayli Gondurasga yutqazib qo'ygandik.



- 2014 yil oktyabr oyida Myanma davlatida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatini esga olamiz.
- O'sha musobaqada 1995 va 1996 yilda tug'ilgan eng kuchli futbolchilar qatnashishgandi. Myanmaga ketishdan oldin finalga etib borishga va chempion bo'lishimizga ishonardik. Guruhda Indoneziyaga qarshi bahsda qiyin g'alabaga erishgandik. BAA va Avstraliya bilan o'yinlarda o'zimizga etarli bo'lgan durang natijalarni qayd etgandik. Tailand bilan o'yinda g'olib bo'lsak mundialga chiqardik. Vazifa bajarilgan va Jahon chempionatiga yo'llanma olgandik. Sariq kartochkalari soni 2taga etgani bosi KXDR bilan o'yinda men maydonga tusha olmagandim. Yuqoridan uchrashuvni tomosha qilgandim. Raqiblar darvozamiz tomon 6ta zarba berishgan va 5ta gol urishgandi. Bizning yigitlar esa juda ko'plab imkoniyatlardan foydalana olishmagandi. Futbol jamoaviy o'yin, shu bois mag'lubiyatda faqat darvozabonni ayblash noto'g'ri.

- 2015 yil Yangi Zelandiyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati taassurotlari bilan o'rtoqlashing. Yangi Zelandiya mundialni qanday o'tkazdi?
- Mundialga ketishdan oldin oldimizga yarim finalga chiqish vazifasi qo'yilgandi. Yangi Zelandiya iqlimiga moslashish uchun 10 kun oldin ushbu mamlakatga etib borgandik. Tayyorgarliklar juda yaxshi saviyada tashkil etilgandi. Guruhdagi ilk turda Gonduras bilan o'ynaganmiz. O'sha o'yindan oldin 1996 yilda tug'ilgan yigitlar oldingi mundialdagi mag'lubiyat uchun revansh olish uchun maydonga tushishgandi. Afsuski raqib 4:3 hisobida zafar quchgandi. Ikkinchi turda Germaniya bilan hech bo'lmasa durang o'ynashni istagandik. Raqib juda kuchli ekanini bilardik. Evropa jamoasi yirik g'alabaga erishgandi. So'nggi turda Fijini mag'lub etsak keyingi bosqichga chiqish imkoniyati paydo bo'lardi. Biz 3:0 hisobida g'alaba qozonib nimchorak finalga chiqqandik. Avstriyaga qarshi bahsda yigitlar juda katta ishtiyoqda o'ynab g'alaba qozongandik. CHorak finalda Afrikaning Senegal jamoasi bilan to'qnash kelgandik. Afsuski himoyadagi bittagina xato tufayli raqib gol urib yutib ketgandi. Yarim finalga chiqish armon bo'lib qolgandi.



- O'z vaqtida siz Avstriyaning “Red Bull Zalcburg” klubida ko'rikdan o'tgansiz. Transfer nima uchun amalga oshmay qolgan?
- 2012 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatidan keyin 2013 yil menga Avstriyaning “Red Bull Zalcburg” klubi menga taklif bilan chiqqandi. 10 kunlik yig'inda ikkita o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etgandim. O'zimning yaxshi tomonlarimni ko'rsatishga harakat qildim. Akademiya direktori, yoshlar jamoasi murabbiylari seni o'z jamoamizga qo'shib olishga harakat qilamiz deb xattoki 4 raqamli Komilov deb yozilgan futbolka ham sovg'a qilishgandi. O'zbekistonga qaytgach transferim amalga oshmadi, to'g'risi nima uchun bundan bo'lganini bilmayman.

- Endi klubdagi faoliyatingizga o'tsak. Bu yil Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etdingiz... Umuman olganda “Bunyodkor” haqida nima deya olasiz.
- Toshkentga, “Bunyodkor”ga kelganimda dastlab akademiyada tahsil oldim. O'shanda Sergey Ivanovich Lushan bizning murabbiyimiz edi. Bu murabbiy qo'l ostida “Bunyodkor” asosiy tarkibida o'ynashni boshladim, OCHLda debyut qildim. Ushbu mavsumda tarkibimizda ko'plab yoshlar o'ynadi, keyingi yil mana shu yoshlarning tajribasi oshadi va keyingi yil barcha musobaqalarda ijobiy natijalarga erisha olamiz deb o'ylayman.



- Oldinda Qatardagi Osiyo chempionati turibdi. Jamoamiz Olimpiadaga chiqa oladimi?
- Olimpiya terma jamoasiga juda kuchli futbolchilar yig'ilishgan. Bu jamoa Osiyo chempionatida g'olib chiqishga qodir deb o'ylayman. Nasib qilsa O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Braziliyadagi Olimpiadaga boradi.

- SHu paytga qadar Dilshod Nuraliev, Ravshan Haydarov va Sergey Lushan kabi murabbiylar bilan birga ishladingiz...

- Har uchala murabbiy qo'l ostida o'zimning yorqin tomonlarimni ko'rsatishga intilganman. Ular menga imkon berishgan men esa ularning yuzini erga qaratmaslikka intilganman. Dilshod Nuraliev va Ravshan Haydarov bilan terma jamoalarda ishlaganman. Sergey Lushan bilan esa klubda birga faoliyat olib borgandik.



- Xorij futbolidagi sevimli klubingiz qaysi?
- Yoshligimdan Italiyaning “Milan” klubining ishqibozman. Kelajakda yaxshi o'ynab aynan “rossonerlar” safida o'ynashni orzu qilaman. Afsuski so'nggi yillarda “Milan”ning ishlari yurishmay qoldi.

- Pavel Kralovecni eslaysizmi?
- Yo'q. To'g'risi eslay olmadim.

- Bu Gonduras bilan o'yinda sizga qizil kartochka ko'rsatgan hakam.
- Rasmini ko'rsatganingizda eslagan bo'lardim.


- Suhbat so'nggida muxlislarga tilaklaringiz…
- Og'ir vaziyatda ham birga bo'lgan “Bunyodkor” klubi muxlislariga rahmat aytib qolaman. Butun O'zbekiston futbol muxlislariga esa sevimli jamoalari doim g'alaba qozonaversin deyman.


Savol-javob yakunlangach Akrom ikkita shartni bajardi. Quyidagi video orqali Akrom Komilov ingliz tilini qanchalik bilishini ko'rish mumkin.

Video bo'limida TAS-IX hududida ham tomosha qilish mumkin.


Zarina Alimova va Omonjon To'xtamirzaev suhbatlashishdi
Foto: Tolibjon Qosimov



Vunderkind #1: SHerzod Karimov: “Jahon chempioni darvozasiga urgan golimni hech qachon unutmayman”

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика