"Vulverxempton" Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisini sotib oldi Yangiliklar

"Vulverxempton" Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisini sotib oldi

Angliya klubi yaponiyalik Xayao Kavabe transferini elon qildi.

26 yoshli markaziy yarim himoyachi 600 ming evro evaziga SHveycariyaning "Grassxopper" klubidan  Angliyaning "Vulverxempton" jamoasiga o'tdi. Kavabe 2021/22 yilgi mavsumning qolgan qismini SHveycariyada ijarada o'tkazadi, deya xabar berdi "bo'rilar" rasmiy sayti.

Xayao Kavabe joriy mavsumda "Grassxopper" safida 18 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani qayd etdi.

 U Yaponiya termasi libosida 4 o'yinda 1 ta gol urgan.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика