"Vulverxempton" Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisini sotib oldi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2022, 21:16
Angliya klubi yaponiyalik Xayao Kavabe transferini e'lon qildi.

26 yoshli markaziy yarim himoyachi 600 ming evro evaziga Shveytsariyaning "Grassxopper" klubidan  Angliyaning "Vulverxempton" jamoasiga o'tdi. Kavabe 2021/22 yilgi mavsumning qolgan qismini Shveytsariyada ijarada o'tkazadi, deya xabar berdi "bo'rilar" rasmiy sayti.

Xayao Kavabe joriy mavsumda "Grassxopper" safida 18 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani qayd etdi.

 U Yaponiya termasi libosida 4 o'yinda 1 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: wolves.co.uk