"Vulverxempton" Ximenes borasida bayonot berdi
30 noy 2020 14:59
Yangiliklar


"Vulverxempton" Ximenes borasida bayonot berdi
"Vulverxempton" forvardi Raul Ximenes APLning 10-turi doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yinda David Luiz bilan to'qnashib ketgandi.
29 yoshli meksikalik futbolchiga 10 daqiqa mobaynida maydonda tibbiy yordam ko'rsatildi va uni kasalxonaga olib ketishdi.
"Raul Londondagi kasalxonada operaciya qilindi va ayni damda yaxshi holatda. U rafiqasi Danielani ko'rib, tanidi. Hozir esa dam olmoqda.
Ximenes bir necha kun davomida shifokorlar nazoratida bo'ladi. SHu o'rinda bizga yordam bergan "Arsenal" rahbariyatiga, tibbiy personallariga mninnatdorlik bildirib qolamiz", - deb yozadi "Vulvz" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar