"Vulverxempton" kibersport tashkiloti bilan hamkorlik qiladi
30 iyu 2021 22:57
Yangiliklar
"Vulverxempton" kibersport tashkiloti bilan hamkorlik qiladi
Evil Geniuses kibersport tashkiloti Angliyaning "Vulverxempton" klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yganini elon qildi.
Kibersport tashkiloti "Vulverxempton" futbol klubiga egalik qiluvchi Xitoyning Fosun Sports Group konglomeratidan sarmoya jalb qildi va barchasi ana shundan boshlandi.
Endilikda ular mahsulotlarni umumiy brend asosida birgalikda ishlab chiqarishadi.
Dastlabki hamkorlik shartlariga ko'ra Evil Geniuses libosida "bo'rilar" brendi namoyon bo'ldi.
Malumot uchun, Evil Geniuses hozirgi paytda 255 million dollarga baholanmoqda.
Fikrlar