"Vulverxempton" "CHelsi" hujumchisini ijaraga olmoqchi
04 avg 2022 15:07
Yangiliklar
"Vulverxempton" "CHelsi" hujumchisini ijaraga olmoqchi
"Vulverxempton" "CHelsi" hujumchisi Mishi Batshuayining ijarasi borasida muzokaralar olib bormoqda.
"Bo'rilar" 28 yoshli belgiyalik bilan shartnoma imzolashni maqsad qilib qo'yishgan, sababi jamoa forvardi Raul Ximenes mavsumoldi tayyorgarligi paytida jarohat olgan.
Qayd etish kerakki, tomonlar bitimning turli variantlarini ko'rib chiqishmoqda, ammo "Vulverxempton" ijarani afzal ko'rmoqda.
Batshuayi o'tgan mavsum "CHelsi"dan "Beshiktosh"da ijara asosida o'ynadi. U turk jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar