Vudvord qishki transferlar oynasida 7 futbolchi bilan kelisha olmadi
27 jan 2020 19:17
Yangiliklar


Vudvord qishki transferlar oynasida 7 futbolchi bilan kelisha olmadi
"Manchester Yunayted" ijrochi direktori Ed Vudvord qishki transferlar oynasida jamoani kuchaytirmaydi.
Gap shundaki, mutaxassis ushbu oyda 7 nafar futbolchi bilan muzokaralarga kirishgan va birortasi bilan kelishuvga erisha olmagan.
Bruno Fernandesh ("Sporting" va Erling Xolland (ayni damda "Borussiya" D tarkibida o'ynamoqda) bilan tomonlar maoshlarni kelisha olishmagan bo'lsa, Deklan Rays ("Vest Xem"), Edinson Kavani (PSJ), Jeyms Meddison ("Lester") hamda Jek Grilish ("Aston Villa") bilan transfer narxlari borasida kelishmovchiliklar bo'lgan.
Yana bir futbolchi sifatida Karlos Teves keltirilgan. Biroq u MYUga qaytishni istamagan ekan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar