Vudvord: "Qattiq ishlayapmiz"

Mirjalol Normatov
25 sen 2018, 20:46
"Manchester Yunayted" ijrochi direktori Ed Vudvord muxlislarning noroziligi borasida gapirdi.

"Biz barchamiz extirosli muxlislarimiz talab qilayotgan ishlarni bajarish, "Manchester Yunayted"ning 66, Joze Mourinyoning 25-sovrinini qo'lga kiritishi uchun qattiq mehnat qilyapmiz.

O'z falsafamizdan chekinmaymiz va ko'proq akademiyamiz tarbiyalanuvchilariga e'tibor beramiz. O'tgan mavsumda APLning barcha jamoalaridan ko'ra, aynan bizda akademiya futbolchilari eng ko'p vaqt davomida maydonda bo'lganidan faxrlanamiz.

Yillar davomida kirimlarning oshgani bizning moliyaviy holatimizni yaxshilab berdi. Ammo transferlar oynasida iqtidorli futbolchilar uchun boshqa jamoalar bilan raqobat qilish juda ham qiyin bo'lmoqda", - dedi Vudvord.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tribalfootball