Volkov "Navbahor"da ish boshladi
08 iyu 2015 18:25
Yangiliklar
Volkov "Navbahor"da ish boshladi
Muxlislarimizga “Bunyodkor” klubidagi va milliy terma jamoamizdagi faoliyati orqali yaxshi tanish bo'lgan Aleksandr Volkov mavsum ikkinchi yarmini “Navbahor”da o'tkazadigan bo'ldi.
Ikkinchi davradagi natijalarni yaxshilash maqsadida Volkov jamoamizda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ish yuritadi.
Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovni ham jamoada qolish yoki qolmasligi borasidagi savollar yuzaga kelgandi.
Ashurmatov Namangan viloyati hokimi bilan bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida “Navbahor”dagi faoliyati borasida kelishib olindi. Yani Ashurmatov jamoada boshlagan ishini mavsum oxiriga qadar davom ettiradigan bo'ldi.
Mavsum arafasida Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasiga ijaraga berilgan himoyachi Qahramon Mahammadjonov jamoa safiga qaytadigan bo'ldi. Mahammadjonov ertaga CHirchiqda bo'lib o'tadigan mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshlaydi.
"Navbahor" klubi matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar