“Volfsburg” va Daniya termasining sobiq azosi koronavirusga chalindi
05 mar 2020 22:32
Yangiliklar
“Volfsburg” va Daniya termasining sobiq azosi koronavirusga chalindi
Tomas Kalenberg ushbu virusni Amsterdamga safari vaqtida yuqtirib olgan, deya xabar qiladi “Brondbyu” futbol klubi rasmiy sayti.
Kalenberg 1 mart kuni Daniya chempionatidan o'rin olgan “Brondbyu” – “Lyungbyu” o'rtasidagi (1:0) bahsni tomosha qilish uchun stadionga kelgan. Bryonnbyu shahri jamoasi rahbariyati Tomasning o'yin davomida kimlar bilan muloqatda bo'lganini aniqladi. SHu bois hozirda 13 kishi, ularning ayrimlari klub azolari va futbolchilari karantin ostida bo'lib turishibdi. “Brondbyu” Kalenberg bilan suhbatlashgan yoki uning yonida turgan muxlislar ham bu haqda klubga xabar berishga chorlagan.
Eslatib o'tamiz, 36 yoshli xavbek 2017 yili “Brondbyu” safida faoliyatini yakunlagan. SHuningdek, u “Oser”, “Evian”, “Volfsburg” kabi jamoalar safida harakat qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar