So’nggi yangiliklar

16:05"Алавес" — "Атлетико". Гризманн ва Альварес асосий таркибда  0 15:21"Ман Сити" "Галатасарой" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:58"Реал" Алабанинг юқори маош сабаб унинг кетишидан манфаатдор  5 14:23"Реал" собиқ ўйинчисига қизиқмоқда  1 13:58Вардининг эҳтимолий янги клуби маълум  0 13:37"Қўқон-1912" Тошкентда "Бунёдкор"га қарши беллашувда камбэк қайд этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 12:58"Чикаго Файр" Де Брюйне билан музокаралар олиб бормоқда  0 12:35Симеоненинг журналистнинг Баэна ҳақида гапириш илтимоси ҳақида: "Мени аҳмоқ деб ўйлаяпсиз. Жамоангизда ўйнамаётган одам ҳақида гапириш мумкин эмас"  0 12:04Андро Гиоргадзе: "Ҳатто дуранг ҳам биз учун яхши натижа эди, лекин ғалаба қозонишни уддаладик"  1 11:47Асадбек Раҳимжонов: "Гувоҳи бўлдингиз, ҳакамлар йўқ жойдан пенальти белгилашди"  9 11:30Аслиддин Тоштемиров: "Биз осонликча ютқазмаймиз. Ютқазадиган жамоа ҳам эмасмиз"  0 11:03Темурхўжа Абдухолиқов: "Мағлубиятга мен сабабчи бўлдим"  7 10:46Алишер Салимов: "Хоҳ ОКМК бўлсин, хоҳ "Насаф", ғалаба учун майдонга тушамиз"  5 10:31"Фаолиятим бошқача бўлиши мумкин эди". Илёс Зейтуллаев Италия А Сериясида мустаҳкам ўрнашиб қола олмаганининг сабабини айтди  13 10:15Арда Гюлернинг 50-учрашуви «Реал»га «қиммат»га тушди  6

Vohid Zokirov: Barchasi muxlislar uchun Yangiliklar

Vohid Zokirov: Barchasi muxlislar uchun

Bunyodkor mavsumdagi ilk rasmiy o'yinni 17 fevral kuni o'tkazdi.
Qaldirg'ochlar BAAning Al-Jazira klubini 2:1 hisobida mag'lub etishdi.

Muxlislar o'sha g'alabadan xursand bo'lishdi, bundan tashqari har bir muxlislar maxsus bayroqchalar tarqatib chiqildi.

Ammo muxlislarda stadion vakillariga savollar paydo bo'lgani barchaga malum.

Aynan shu sababli Bunyodkor stadioni direktori Vohid Farxodovich Zokirov bilan yana uchrashdik.

- O'sha kuni o'yinga kelgan muxlislarning ko'pchiligi stadionga kira olishmagan ekan. CHiptalar etmay qolgani aytilmoqda…
- Bu savolni hal qildik. Navbatdagi o'yinda anshlagga tayyormiz. CHiptalar barchaga etadi. Yaxshisi ularni vaqtliroq sotib olish kerak. Kundan-kunga chiptalar soni kamayib bormoqda.

- O'yin kuni kassa oldida uzun navbatlar kuzatildi? Kassalar sonini ko'paytirishning iloji yo'qmi?
- Mumkin, shunday qildik ham. CHiptalar 24 fevral kuni sotuvga chiqdi. SHanba kun, 27 fevraldan boshlab Qo'ylik va CHilonzor buyum bozorida, bundan tashqari talabalar shaharchasida kassalarimiz ish boshlaydi.

- Bazi muxlislar plastik kartochkalarga faqat darvoza ortidagi sektorlarga bilet sotilganidan norozilar…
- Bu noto'g'ri malumot. 17 fevral kungi o'yin uchun darvoza ortidagi sektorlar uchun umuman chipta sotmadik. Bizda sektorlar bo'yicha cheklovlar yo'q, har qanday sektor uchun plastik kartochka orqali chipta sotib olish mumkin.

- Stadion oldidagi avtomobil to'xtash joyiga mashinalarda kira olishmaganiga nima deysiz…
- Muxlislar xavfsizligini taminlash uchun CHo'pon-ota, va CHilonzor ko'chalarida harakatni to'xtatishga majburmiz. Endi mashinasi bilan kelgan muxlislar CHilonzor ko'chasidagi masjid oldidan kirib o'z ulovlarini to'xtash joyiga qo'yishlari mumkin. Buning uchun yangi ko'prik qurildi.

- CHilonzor metro bekati yonida kassalarni ishga tushursa bo'lmaydimi?
- U erda barchasi joyida. CHilonzor bekati yonidagi chiptaxonalar ishlamoqda. Aytgancha o'sha erda ham kattagina avtomobil to'xtash joyi bor.

- Kassalarning ish grafigi qanday?   
- Barcha kassalarimiz 09:00 - 19:00gacha ishlaydi. Imkon qadar chipta olishni o'yin kuniga qoldirmagan maqul.

- Al-Jaziraga qarshi o'yindan oldin muxlislarga yubiley bayroqchalarini tarqatishdi. Bu safar ham shunga o'xshash narsa kutsak bo'ladimi?
- Albatta, bu muxlislarga manzur bo'lganini eshitdik. Bu safar ham bayroqlar bo'ladi. Bundan tashqari tomoshabinlarni syurprizlar kutmoqda.

- Muxlislarga tilaklaringiz…
- Barchamiz futboldan lazzat olishni istaymiz. Muxlislar chiroyli o'yin ko'rib dam olishni istashadi. Jamoamizga omad tilayman. Umid qilamanki, o'yin tugagach barcha tashkilotchilik va o'yin natijasidan xursand bo'ladi.

Omonboy To'xtamirzaev suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика