Vohid Xolboev: "Yozyovon-Lochinlari" jamoasi menda iliq taassurot qoldirdi"
26 apr 2016 19:02
Yangiliklar
Vohid Xolboev: "Yozyovon-Lochinlari" jamoasi menda iliq taassurot qoldirdi"
Kecha O'zbekiston Birinchiligining 5-tur o'yinlari start oldi. Yozyovonga safar uyushtirgan "Lokomotiv-BFK" kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi.
- Uchrashuv yaxshi o'tdi. Maydonning holatini aytmasa, o'yin qiziqarli kechdi. Dastlabki besh daqiqada gol o'tkazib yuborganimiz yakunda pand berdi. Undan keyin mezbonlar darvozasini ishg'ol qilish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo'ldik, biroq ulardan foydalana olmadik. Aytish kerak, "Yozyovon-Lochinlari" jamoasi menda iliq taassurot qoldirdi. Raqib safida yaxshi hujumchi va yarim himoyachilar borligi ko'rinib turibdi. O'zimizning jamoa haqida gapiradigan bo'lsam, yigitlar 8:1 hisobidagi g'alabadan keyin o'zlarini bo'sh qo'yvorgani yo'q. Mag'lubiyatning sababi bu emas. SHunchaki, yagona gol o'yin taqdirini hal qildi. SHogirdlarim esa, bahsdan-bahsga o'z o'yinlarini yaxshilab borishmoqda, - deydi Xolboev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar