So’nggi yangiliklar

16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  1 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  1 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  1 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  2 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  3 13:21"Арсенал" жамоанинг эҳтимолий янги ўйинчисидан хафа  2 12:52"Тоттенхэм" 45 млн евролик харидни амалга ошириши мумкин  1 12:12Санчо Италиянинг қайси клубига ўтмоқчи?  1 11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  1 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  6 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  11 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  5 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  38 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  1

Vohid Xolboev: "Uch futbolchimizga Tojikiston jamoasi taklif bilan chiqdi" Yangiliklar

Vohid Xolboev: "Uch futbolchimizga Tojikiston jamoasi taklif bilan chiqdi"

O'zbekiston Pro-ligasi 18-turi doirasida o'tkazilgan "Iftixor" - "Nurafshon" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bilmadim, to'g'risini aytsam, bugun raqiblardan kuchli edik. Hisobda mag'lub bo'ldik, ammo "Iftixor"dan yaxshiroq o'yin ko'rsata oldik deb o'ylayman. Ikki golni ham raqiblarga sovg'a qildik. O'tgan o'yinda g'olib bo'lganimiz, 2-pog'onadagi jamoadan 4 ochkoga o'tib ketganimiz yigitlarga qandaydir engillik berdi, shekilli, shogirdlarim biroz bo'shashgandek ko'rindi. Bugun ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Biroq mag'lubiyatda hech kimni ayblamayman. Ammo hechqisi yo'q. Biz hali ham oldindamiz. Oldindagi o'yinlarda g'oliblikka erisha olamiz.

Bugun o'ynadik, endi Toshkentga shoshilyapmiz. CHunki ertaga "So'g'diyona" bilan o'ynaymiz. Ushbu o'yinga bir necha yangi futbolchilarni chaqirganmiz. Hozircha ushbu futbolchilar bilan ishlar to'liqligicha bitmagani bois, nomlarni malum qila olmayman. Ertangi o'yin yakunlanganidan keyin "Nurafshon" futbolchilari 1 hafta dam olishadi. 11 iyul kuni "Andijon"ga qarshi bahs olib boramiz. Menimcha bu aniq bo'ldi.

Ha, transferlar oynasi ochilgan. Hozircha ikki futbolchini ko'z ostimga olib qo'yganman. Biroq jamoadan ketadiganlar yo'q. Barchaning o'yinidan qoniqish hosil qilyapman. Oripxo'ja Abduholiqovga "Mashal", Dostonbek Bahromov, Murod Rajabov va Dilshod Fayzievga Tojikiston jamoasi, Farruh SHotursunovga esa Superliga klubidan taklif tushdi. Ammo ular jamoani yarim yo'lda tashlab ketgisi kelmadi va "Nurafshon"da qolib, rejani oxirigacha etkazishni istashdi", - dedi Vohid Xolboev.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика