So’nggi yangiliklar

08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  0 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3

Vohid Xolboev: "SHunday hakamlik bo'lsa, Pro-liga saviyasi ko'tariladi" Yangiliklar

Vohid Xolboev: "SHunday hakamlik bo'lsa, Pro-liga saviyasi ko'tariladi"

O'zbekiston Pro-ligasi 7-turi doirasida "Xotira-79" - "Nurafshon-Inter" (0:2) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmon jamoa bosh murabbiyi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Uchrashuvgacha raqiblarimiz haqida malumotlarga ega emasdim. 1-bo'lim davomida maydon egalarining o'yinlaridan kerakli xulosalarni chiqardim. Tanaffus paytida yigitlarga kerakli ko'rsatmalarni berdim. Futbolchilar o'z oldilariga qo'ygan vazifalarini ortig'i bilan bajara olishdi. SHogirdlarimning harakatlaridan to'liq qoniqish hosil qildim. Umuman olganda birinchi bo'limda biroz qiynaldik. Nega desangiz, taym davomida kuchli shamolga qarama-qarshi harakatlandik.

Hakamlik? Ularga hech qanday etirozimiz yo'q. Agarda imkoniyat berilganida ularga 5 baho qo'ygan bo'lardim. Hakamlar brigadasining maydonda borligi deyarli sezilmadi. Futbolchilar o'zlarini erkin tutishdi. Bilasizmi, men ham o'zim maydonda harakat qilayotgandek sezdim. Mana shunday hakamlik bo'lsa, Pro-liga saviyasi yanada o'sadi. Dilshod Karimov boshchiligidagi hakamlar brigadasiga o'z minnatdorligimni bildiraman.

Deyarli 1 soat yigitlar bir kishi kam bo'lib o'ynadi. Birinchi bo'lim oxirlarida bosh hakam jamoamiz sardori Murod To'ychiboevga qizil kartochka ko'rsatdi. SHunday bo'lsa-da, iroda ko'rsata oldik. Biz hakamga etiroz bildirmadik, referi haq edi.

Xabaringiz bor, o'zbek futbolidagi tajribali mutaxassislaridan biri Oleg Tyulkin jamoamizdagi faoliyatini boshladi. Bunday malakali murabbiyning biz bilan ish olib borishi jamoamizning kelgusi faoliyatiga ijobiy tasir o'tkazishi shubhasiz. Yoshi keksa muxlislar uning sobiq Ittifoq chempionatida to'p tepganini eslashadi. Demoqchimanki, Oleg Pavlovich bilan hamfikrlikda ishlayapmiz. U kishining maslahatlari bizga yo'l kelmoqda.

Fursatdan foydalanib, jamoamizga yordam berayotgan klub rahbariyatiga, Toshkent viloyati va Yuqorichirchiq tumani hokimligi mutasaddilariga o'z minnatdorligimni bildiraman. Kelgusida ham ularning ishonchini oqlashga intilamiz", - dedi Xolboev.

Nematjon Ahmedov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика