So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  3 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Vohid Xolboev: "Muammolar ustiga muammolar" Yangiliklar

Vohid Xolboev: "Muammolar ustiga muammolar"

O'zbekiston Pro-ligasi 12-turi doirasida "Nurafshon" - "Xotira-79" (3:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qiyin, og'ir o'yin bo'ldi. Biz muammolar qarshisida qolib ketdik. O'tgan o'yinda Elbek Ravshanovning qizil kartochka olgani bugun bilindi. Bir necha etakchilarsiz harakat qilishga majbur bo'ldik. "Labsa" bilan safardagi bahsda Farruh SHotursunov maydondan chetlatilgandi. Uning xizmatidan 3 bahsdan buyon foydalana olmayapmiz. U keyingi turdan yana maydonga qaytadi.

Bitta tarkib bilan o'ynayapmiz. Oldin ham aytganimdek zaxiramiz tor. 15 iyundan etiboran transferlar oynasi ochiladi va tarkibga 2-3 nafar tajribali futbolchilarni qo'shib olaman deb niyat qilganman. Tarkibga ahamiyat bersak, Ruslan Vagapovning bir o'zi, shunday yoshga kirgan bo'lsa-da, ikki bo'lim mobaynida yoshlar bilan tengma-teng yugurmoqda. Murod Rajabovga umuman dam berilmayapti. Futbolchilarga berilgan yuklama meyoridan oshib ketgan. Endi shunday qilamizki, ayrim futbolchilarga bemalol dam berib, uning o'rniga olib kelinganlar bilan xotirjam o'yinni o'tkaza olamiz.

Muammolar ustiga muammolar. CHap qanot himoyachimiz jarohat oldi. Uning o'rnini kim bosishi borasida qattiq o'ylanyapman. Keyingi bahsda etakchilardan biri "Yozyovon" jamoasiga qarshi safarda bahs olib boramiz. Umid qilamanki, uning o'zi uchrashuvgacha safga qaytadi.

Ha, Orifxo'ja Abduholiqovning o'yinlarida biroz pasayish bor. Biroq hujumchi har doim ham gollar kiritishi uchun mukammal poziciyada bo'lishi kerak. Mashg'ulotlarda unga har doim qanday joylarda bo'lish kerakligini fishkalar qo'yib, yaxshi darajada tushuntirishga harakat qilaman. Yaqinda biz shifokorlar terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvini u ko'tarinki kayfiyatda o'tkazib, ikkita gol kiritgandi. Ammo, bizda boshi yoki oyog'iga to'pni aniq tashlab beradigan futbolchilar yo'q. SHu borada ham ko'p ishlash kerak.

"Xotira-79" ham yaxshi jamoa ekan. Safardagi uchrashuvda 10 kishi bo'lib, 2:0 hisobida mag'lub etgandik. O'rtada katta tanaffus bo'lgani uchun bahsga yaxshigina tayyorlanib oldik. Natija yomon emas, g'alaba qozondik. Yigitlarga rahmat aytaman", - dedi Vohid Xolboev.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика