So’nggi yangiliklar

13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  8 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  20 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  6 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  12

Vohid Xolboev "Labsa"dagi eng ojiz nuqtani aytdi Yangiliklar

Vohid Xolboev "Labsa"dagi eng ojiz nuqtani aytdi

O'zbekiston Pro-ligasi 10-turi doirasida "Nurafshon" - "Labsa" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Raqib yomon jamoa emas. Bekorga ular guruhning yuqori o'rinlarida yurmayabdi. Buxoroda biz bundan-da yaxshiroq o'ynagandik, nisbatan osonroq bo'lgandi, ko'plab vaziyatlar yaratgandik.

Ikkinchi bo'limda g'alati o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham yutib ketishi mumkin edi. Hujumchilarimiz yoshlik qildi baribir, agar tajribali, yoshi katta futbolchilar bo'lganida xatolarni kechirishmasdi. Jamoa barqarorlikni namoyish eta olmayapti.

Hozirgi zamonaviy futbolda uy-safar degan tushuncha bo'lmayapti. SHu boisdan barcha uchrashuvlarda ikki tomonning ham imkoniyatlari teng baholanmoqda. Asosiysi futbolchilar murabbiylarning ko'rsatmalarini bajara olishsa, barchasi yaxshi bo'ladi.

Farruh SHotursunovning yo'qligi bilindi. O'tgan o'yinga qaraganda kamroq hujumlar uyushtirdik. U va Murod Rajabov birgalikda markazni o'z qo'llariga olishgandi. Ammo Farruh yo'qligi sababli o'yinimizda uzilishlar yuzaga keldi.

Ha, oxirgi o'yinlar qizil kartochkamiz ko'paydi. Futbolchilar o'zlarini bosa olishmayapti. Ruhiy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko'rishmayapti. O'ylaymanki, buni tuzata olamiz.

Raqiblardagi eng ojiz nuqta - darvozabon edi. Futbolchilarimga ko'p aytaman, qulay nuqta bo'lsa darvozaga zarba berish kerak. Biroq ular televizorda ko'rganini qilishni istashadi. Oxirigacha borib, chiziqning ustidan gol urgisi keladi. Ammo bu kabi darvozabonlarga uzoqdan zarba berib turish kerak.

"Labsa"ga omad tilayman", - dedi Xolboev.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика