Vohid SHodiev: “Zich himoyada 3 kishini aldab kiradigan hujumchiga ham qiyin”
13 okt 2014 13:00
Yangiliklar
Vohid SHodiev: “Zich himoyada 3 kishini aldab kiradigan hujumchiga ham qiyin”
Vohid SHodiev 27 yoshida terma jamoaga jalb etildi, hozircha ishonchni oqlab kelyapti. U bilan suhbatimiz shu mavzuga qaratildi.
– Men sizni kech kashf qilindingiz deb o'ylayman...
– “Qizilqum”dan “Neftchi”ga borganimda 7 nafar kuchli hujumchilar bor edi. Isoqov, Berdiev jamoa etakchilari edi. Ikki yil harakat qildim, so'nggi o'yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushishni boshlaganimda shartnomam tugadi keyin “Buxoro”ga bordim va u erda o'z o'yinimni topdim. Hammasiga sekinlik bilan etishdim.
– SHu narsaga tezroq etishish ham mumkin edi, agar etibor barcha viloyatlarga bir xil qaralganida?
– Bu haqida aniq bir narsa ayta olmayman, balki vaqtli boshlab erta tugatarmidim. Demak, taqdirimda shu yozilgan ekan. To'g'ri erta boshlab, hozirgacha o'ynaganlar ham bor. 28 yoshga to'laman, hali yoshim o'tgan deb o'ylamayman, 27-32 yosh futbolchi uchun eng optimal holat deb bilaman.
– Umuman o'ynamaslikdan ko'ra, kech bo'lsada terma jamoada harakat qilish yaxshiroq bo'lsa kerak, xuddi Luka Toniga o'xshab.
– Albatta.
– OCHL terma jamoaga poydevor bo'ldimi?
– “Bunyodkor” oldinga tashlangan qadam edi. OCHLdagi har bir o'yin, har bir daqiqa katta maktab. CHempionatda ham faqat g'alaba uchun maydonga tushasiz. Keyin tajriba degan so'zga o'z fikrimni bildirsam, biz tajribali deganda yoshi katta o'yinchilarni nazarda tutamiz, aslida yoshlar ichida ham ular ko'p bo'lishi mumkin.
– Demak, kuchli klubda o'ynab terma jamoa darajasini saqlab turish osonroq?
– Xuddi shunday.
– Terma jamoada omadingiz “Bunyodkor”ga nisbatan ko'proq chopadi, bu taktikami yoki ijrochilar tufaylimi?
– Ijrochilar kuchli va ikki karra masuliyat bilan maydonga tushasiz. Istaysizmi yo'qmi terma jamoaga katta etibor qaratasiz, bu erda raqobat ham kuchli har tomonlama kuchli tayyorlanishingiz kerak. Bu bilan klub ikkinchi daraja demayman, lekin masuliyatni o'ziga nisbatan orttirib ham borish kerak emas, bu “kuyib” qolishga olib kelishi mumkin.
– Osiyo Kubogiga tayyogarlik jarayonidan qoniqish hosil qilyapsizmi, o'zingizdan kelib chiqib?
– Bir yildan beri terma jamoaga chaqirilyapman. Buni har bir futbolchi niyat qiladi. Terma jamoani muhiti va taktikasiga moslashish borasida ishlayapman. Osiyo Kubogiga oz qolgan bo'lsada, hech bir futbolchi yakuniy tarkibdan o'rin oldim deb o'ylamayapti. Hali oldinda ko'p yig'inlar bor, mana shu o'yinlaridan kelib chiqib o'zimni ko'rstaishim kerak, eng katta masuliyatli yig'in dekabr oyida bo'lib o'tadi, imkon qadar Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun mehnat qilaman.
– Bugungi kunda hujumchilarga ko'p etiroz bo'lyapti, hujumchi sifatida bunga qandan sharh berasiz?
– Bugunga kelib barcha futbol o'ynashni o'rganib oldi. Taktik jihatdan mukammal o'ynala boshlandi, raqiblarimiz bizga qarshi himoyada yaxshi o'ynayaptilar. Saudiya Arabistoni bilan bo'lib o'tgan o'yinda ularning himoyasi kuchli emas edi, ammo jamoa sifatida ular jips harakat qilishdi.
– Siz asosan bosh bilan gol urasiz, sizning tipingizdagi hujumchi uchun bu ikki karra qiyin bo'lsa kerak.
– Bu ham to'g'ri, ammo zich himoyada 3 kishini aldab kiradigan hujumchi ham qiynaladi. Buning uchun pozicion hujumlarni kuchaytirib, yaratilgan bitta vaziyatdan unumli foydalanishiz kerak.
– Qatar bilan o'yinga sharhingiz, asosan Icheondagi futbochlilar to'p tepishdi...
– Bu ham bir sabab, Koreyadan Ichneon – Tokio – Toshkent orqali 18 soat ichida ortga qaytdik bir kun o'tmay yana Toshkent – Dubay – Doxa orqali uchdik. Tabiiyki qisqa vaqt ichida uch xil ob-havo sharoitini engib o'tish qiyin edi. Bu bahona emas, inson organizimini chidamligidan kelib chiqib fikr yuritadigan bo'lsak, futbolchilar qiynalishini aniq edi. Undan keyin umrimda birinchi marotaba bunday havoda o'ynashim, men uchun juda qiyin bo'ldi. Bizda ham issiq bo'ladi, ammo havo namlanmaydi.
– Avstraliyada ham xuddi shunga o'xshagan havo bo'ladi, yo'l va shunga o'xshagan muammolarga raqiblarimiz ham duch keladi. SHundan kelib chiqib, muxlislar bizdan natija kutishlari mumkinmi?
– Har bir muxlisimiz natijaga haqlilar. Bugun biz qiynalayotgan bo'lishimiz mumkin, ammo bu bizga Osiyo Kubogida yordam berishi aniq. Aytishadiku, mashg'ulotda qiyin bo'lsa, asosiy o'yinda oson bo'ladi deb.
– Akbar madhiya aytilganda yig'lab yuborganingizni aytdi, siz bu holatni nimaga taqqoslagan bo'lar edingiz?
– Mendan ancha yosh ukalarim terma jamoalarda o'ynab yurishgan edi. Men esa 27 yoshimda bu imkoniyatga erishdim. Madhiya atilganda yig'ladim, aytdim, bundan lazzatlandim. Bir umr esdan chiqarmasam kerak.
– Siz kabi futbolchilar terma jamoani qadriga etasizlar, chunki buning yo'lida uzoq mehnat qildingiz, ammo bazi yoshlar termaga kelganida, ertaga ham kun borku qabilada ish tutishyapti, ularga nima maslahat berasiz?
– SHundaylari bo'lishi mumkin, ammo shuni unutmaslik lozim, har bir o'yin so'nggisi bo'lishi mumkin. O'sha berilgan vaqtning qadriga etish kerak, buni keyin qaytarib bo'lmaydi.
– BAA terma jamoasi bilan o'yinga nima deysiz, ular ham bizni juda yaxshi biladigan jamoalar sirasiga kiradi.
– Agar o'zimiz yaratigan imkoniyatlarni qilsak g'alaba qozona olamiz, imkoniyatlaarni esa golga aylantirishimiz ham kerak. Toshkentda 1:1 hisobi qayd etilgan edi, muhimi ularga o'ynash imkoniyatini bermasligimiz kerak.
Nodirxo'ja Yuldashev
Abu Dabi

Fikrlar