Vohid SHodiev terma jamoaga chaqirildi
02 okt 2015 18:02
Yangiliklar


Vohid SHodiev terma jamoaga chaqirildi
Bugungi mashg'ulotlarda "Bunyodkor" klubi hujumchisi Vohid SHodiev ham ishtirok etdi. Futbolchi Bahraynga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rishi kerak bo'lgan avvalroq elon qilingan ro'yxatda yo'q edi. Demak, Samvel Babayan SHodievni keyinroq yig'inga chaqirishga qaror qilgan.
Quyida O'zbekiston milliy terma jamoasining Bahraynga qarshi o'yin uchun tanlangan tarkibini keltirib o'tamiz.
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov "Paxtakor", Eldor Suyunov "Nasaf", Ignatiy Nesterov "Lokomotiv".
Himoyachilar:
Davron Hoshimov "Paxtakor", Egor Krimec "Paxtakor", Anzur Ismoilov
"CHanchun Yatai" (Xitoy), Islom To'xtaxo'jaev "Lokomotiv", SHavkat Mullajonov
"Lokomotiv", Vitaliy Denisov "Lokomotiv" (Moskva, Rossiya), SHuhrat
Muhammadiev "Nasaf"
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov
"Krasnodar" (Rossiya), Server Jeparov "Ulsan Xyunday" (J.Koreya), Aziz
Haydarov "Al SHabab" (BAA), Fozil Musaev "Sepaxon" (Eron), Sardor Rashidov
"Al Jayish" (Qatar), Sanjar Tursunov "Vorskla" (Ukraina), Stanislav
Andreev "Paxtakor", Javohir Sohibov "Paxtakor", Jasur Hasanov
"Lokomotiv", Sanjar SHoahmedov "Lokomotiv".
Hujumchilar: Marat Bikmaev "Lokomotiv", Igor Sergeev "Paxtakor", Eldor SHomurodov "Bunyodkor", Vohid SHodiev "Bunyodkor".
Eslatib o'tamiz, Bahrayn - O'zbekiston uchrashuvi 8 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar