So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  14 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  1 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Vohid SHodiev: “Oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lishimni kutmagandim” Yangiliklar

Vohid SHodiev: “Oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lishimni kutmagandim”

“championat.asia” va PFL hamkorligida har oyning “Eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi”ni aniqlash yo'lga qo'yilgan. Ortga qolgan noyabr oyining “Eng yaxshi futbolchisi” Vohid SHodiev bo'ldi.

OAV xodimlari o'rtasida o'tkaziladigan ushbu so'rovnomada “Bunyodkor” hujumchisi eng yaxshi deb topildi. SHu munosabat bilan SHodievdan intervyu oldik.

- (Kulib) To'g'risi, noyabr oyining “Eng yaxshi futbolchisi” bo'lganimni hozir sizdan eshitib turibman. Albatta agar shunday bo'lgan ersa, bundan xursandman. Menimcha har qanday futbolchi uchun bu holat yoqimli bo'lsa kerak. SHu jumladan mening ham kayfiyatimni ko'tarib yubordi – deya gap boshladi Vohid SHodiev.

- Ortda qolgan noyabr oyi haqida nima deyish mumkin? Har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'raman doim. O'tgan oydagi uchrashuvlarda murabbiylar menga imkoniyat berdi. Bir necha gollar urdim. Imkoniyatdan unumli foydalandim deb o'ylayman. Men uchun ko'ngildagidek o'tdi desa ham bo'ladi.

- Albatta “Eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi” kim bo'lishiga qiziqib, bu haqda saytingizda tanishib boraman. Ammo o'zimning bu so'rovnomada g'olib chiqishimni kutmagandim.


- Bunga menimcha Igor Sergeev ham munosib edi deb o'ylayman. “Paxtakor” va milliy terma jamoamizning asosiy hujumchilaridan biri bo'lgan Sergeev ham bir nechta muhim gollarni urdi.

- Kelajakdagi rejalar borasida aniq bir to'xtamga kelganim yo'q. Dekabr oyining so'nggi kunida “Bunyodkor” bilan amaldagi shartnomam nihoyasiga etadi. Ungacha esa 15 dekabr kuni jamoamning ilk o'quv-mashg'ulot yig'iniga borib, ishtirok etaman. O'ylaymanki shunda hammasi aniq bo'ladi. Rahbariyat va murabbiylar bilan gaplashib, qaytadan muzokara o'tkazilsa kerak – deydi noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi Vohid SHodiev.

Islombek Rustambekov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика