So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  13 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  73 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Vodiy futbolini tiklash loyihasi bo'yicha katta guruh Farg'onada Yangiliklar

Vodiy futbolini tiklash loyihasi bo'yicha katta guruh Farg'onada

Xabaringiz bor, o'tgan yilning oktyabr oyida O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan "Oltin vodiy" loyihasi tasdiqlangan edi.

Loyihadan maqsad vodiy futboli saviyasini yana avvalgi mavqeiga olib chiqish, hududdagi "Neftchi", "Navbahor", "Andijon" va "Qo'qon-1912" kabi o'z tarixiga ega jamoalarni Superligada tutgan o'rnini mustahkamlash bo'lib, unda asosiy etibor bolalar futboliga qaratiladi. Aynan bolalar futbolida yo'l qo'yilgan kamchiliklar natijasida bugunga kelib vodiyda yangi-yangi Mirxoldirshoev, Isoqov yoki Hamidullaev kabi top futbolchilarni ko'rmay qo'ydik. "Oltin vodiy" loyihasi o'z ichiga hududiy federaciyalarni qamrab olgan holda, bevosita O'FF tomonidan nazorat qilinadi.

SHu munosabat bilan, bugun O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan tuzilgan katta ishchi guruhining Farg'onaga tashrifi kutilmoqda. Ishchi guruh tarkibida O'FFning barcha boshqarmalari rahbarlari joy olgan bo'lib, 11-12 yanvar kunlari hudud futboli yana bir bor ko'zdan kechiriladi.

Ertaga "Neftchi" jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Istiqlol" stadionida Andijon, Namangan va Farg'ona viloyati futbol federaciyalarining birinchi Vice-prezidentlari, Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining boshliqlari, Superliga, Pro-ligada ishtirok etuvchi klublarning bolalar va o'smirlar futboliga masul shaxslari, Olimpiya zaxiralari sport kolleji hamda futbol internatining direktorlari ishtirokida "Oltin vodiy" loyihasining strukturasi va bajarilishi kerak bo'lgan ishlar haqida yig'ilish bo'lib o'tadi.

"Oltin vodiy" loyihasi asosida vodiy jamoalarini qamrab olgan Vodiy ligasi, U-18 va U-16 jamoalari o'rtasida vodiy birinchiligi, 7 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida vodiy chempionlar ligasi kabi musobaqalarning yo'lga qo'yilishi jiddiy nazorat qilinadi.

Rejaga ko'ra, hududiy terma jamoalarni shakillantirgan holda, vodiyga ham o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik o'yinlarini tashkil qilinadi. O'zbekiston kubogi - 2018 finalining mezboni sifatida Farg'ona shahri ko'rsatilishi ham "Oltin vodiy" loyihasi rejasi asosida tasdiqlangan edi.

Loyihaning eng katta ishlaridan biri, 2018 yil sport kolleji (2005 yilda tavallud topgan futbolchilar) va viloyatdagi futbol internatlariga (2007 yilda tavallud topgan futbolchilar) kirish imtihonlarini shaffof o'tkazish, u erga hududdagi eng yaxshi futbolchilarni tanlov asosida tanlab olish bo'ladi. Aynan shu loyiha 2017 yil 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida Odil Ahmedov tomonidan amalga oshirilgan edi.

"Vodiyda 10 milliondan ziyod aholi istiqomat qiladi. Yuz minglab yoshlarga yuqori sifatdagi futbol to'garaklari kerak. Vodiyga qilayotgan katta tashrifimiz davomida bu erdagi muammolarni chuqur o'rgangan holda, "Oltin vodiy" loyihasi asosida maxsus dasturni ishlab chiqamiz. Istardimki, bu loyihani butun vodiy qo'llab-quvvatlasa. Bolalar futboli katta vaqtni oladigan loyiha, lekin bu ishni bugun boshlamasak, har bir o'tayotgan yil bizni bir yilga kechiktiraveradi. Bu loyihamizni maxsulini 6-7 yil ichida ko'ramiz, shunda Odil Ahmedov kabi futbolchilardan bir necha nafari "Navbahor", "Andijon", "Neftchi" va "Qo'qon-1912" kabi klublarda o'ynaydilar. Vodiy ligasi esa, mahalliy xalq uchun katta sovg'a bo'ladi deb o'ylayman. SHu yo'l orqali SHahrixon va Kosonsoy kabi hududlarga yana katta futbolni qaytaramiz. Futbolga shinavanda xalq uchun ishlasak, terma jamoamiz uchun ham yaxshi bo'ladi", - deydi O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика