So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  1 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  2 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  17 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

"Vodiy futboli". "Qo'qon-1912" g'alabasiz seriyaga barham berdi Yangiliklar

"Vodiy futboli". "Qo'qon-1912" g'alabasiz seriyaga barham berdi

Vodiy klublari orasida "Qo'qon-1912" ikkinchi davrani g'alaba bilan boshladi.

"Neftchi" 642 kunlik tanaffusdan so'ng yirik hisobda yutqazdi

Farg'onaning "Neftchi" klubi oliy liganing 16-turida G'uzorda "SHo'rtan" mehmoni bo'lib 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi.

SHu tariqa, jamoa bu mavsumdagi birinchi bor yirik hisobda mag'lub bo'ldi. "Neftchi" oliy ligada so'nggi bor 2013 yilgi mavsumning 24-turida "Paxtakor"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.

"Neftchi" 16ta o'yindan so'ng 33 ochko to'plab musobaqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda.


"Qo'qon-1912" etti o'yinlik g'alabasiz seriyasiga barham berdi

Kecha "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qilib 3:1 hisobida taslim qildi.

Rustam Abdullaev shogirdlari bundan oldin oxirgi marta 9-turda g'alaba qozonishgan va ketma-ket 7ta uchrashuvda (6 mag'lubiyat va 1 durang) raqibni mag'lub eta olishmadi.

Jamoa 14 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda.


"Andijon": Ketma-ket to'rtinchi bor o'z maydonimizda "Nasaf"ga yutqazdik

Edgar Gess boshchiligidagi "Andijon" klubi o'z maydonida "Nasaf"ni qabul qilib 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.

"Burgutlar" oxirgi marta 2010 yil o'z uyida bu raqibni mag'lub eta olishgan edi. SHundan keyin bo'lib o'tgan ketma-ket to'rtta bahsda "ajdarlar" vodiydan g'alaba bilan qaytishdi.

Andijonda o'tgan so'nggi to'rt uchrashuv:
02.08.2015 Andijon - Nasaf 0:1
23.05.2014 Andijon - Nasaf 0:1
05.10.2012 Andijon - Nasaf 3:4
05.11.2011 Andijon - Nasaf 0:4


"Navbahor": Bugun "Mashal"ga qarshi o'ynaymiz

Oliy liganing 16-turida Namanganning "Navbahor" klubi Muborakda "Mashal" klubi mehmoni bo'ladi.

O'yin soat 18:30da Bahrom Vafoev nomidagi stadionda bo'lib o'tadi.

“Mashal” va “Navbahor” oliy ligada jami 29 bora to'qnash kelishgan. Natijalar muborakliklarning ustunligini ko'rsatmoqda. “Mashal” 12ta o'yinda zafar quchgan, 6ta o'yinda durang qayd etilgan. “Navbahor” hisobi 11ta g'alaba bor.

Birinchi turda Namanganda o'tgan bahsda “Mashal” 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Vladislav Ivanov va SHoxrux Dostonovning gollari Muborak klubiga uch ochko keltirgan edi.

Bu jamoalarning Muborakda o'tgan o'yinlarida “Mashal” 9 bor zafar quchgan. Uch bor g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. “Navbahor” hisobida 2ta g'alaba mavjud. So'nggi marta “Navbahor” Muborakdan 2004 yil g'alaba bilan qaytgan. SHundan keyin tashkil etilgan 9ta uchrashuvda “Mashal” o'z uyida bu jamoani faqat mag'lub etgan. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика