So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

"Vodiy futboli": "Neftchi" va "Andijon" yomon seriyaga barham berishadimi? Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Neftchi" va "Andijon" yomon seriyaga barham berishadimi?

Ertaga oliy liganing 23-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi.

"Andijon": So'nggi ikki yilda o'z maydonimizda "Lokomotiv"ga yutqazganmiz

"Burgutlar" ertaga Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qilishadi.

“Andijon” o'z maydonidagi 3ta uchrashuvda 3 ochko sohibiga aylangan. Bir bor durang qayd etilgan. Qolgan 4ta bahsda “Lokomotiv” vodiydan g'alaba bilan qaytgan. Oxirgi ikki uchrashuvda “temiryo'lchilar” Andijonda ikki bor g'olib bo'lishgan.


"Navbahor": "Nasaf"ga qarshi o'yinda oltita yo'qotish

22- turda Alisher Samatov, Sanat SHixov, Dilshod Jabborov va hujumchimiz SHahboz Erkinovlar sariq kartochkalari soni to'rttaga etganiligi bois "Nasaf"ga qarshi o'yinni qoldirib yuborishga majbur bo'lishadi. Murabbiylar shtabi shuningdek "Paxtakor" bilan kechgan bellashuvda qo'li singan markaziy himoyachimiz Qahramon Mahammadjonov hizmatidan ham foydalana olishmaydi. Qo'li uch eridan singan futbolchimiz operaciyadan muvaffaqiyatli o'tganini ham qo'shimcha qilish joiz. Bundan tashqari, markaziy yarim himoyachimiz Azim Ahmedov ham betoblisi bois ayni payt "lochinlar" bilan birga emas. SHuning uchun Ahmedov ham Qarshiga yo'l olmagan.


"Neftchi": Oxirgi to'rt yilda Samarqandda gol ura olmaganmiz

Oliy liganing 23-turida Farg'onaning "Neftchi" klubi Samarqandda "Dinamo" klubi mehmoni bo'ladi.

“Dinamo” o'z uyida bu raqibga qarshi bo'lib o'tgan o'yinlarda 9 marta zafar quchgan. Bir marta durang qayd etilgan. 11ta uchrashuvda “Neftchi” Samarqandda g'olib bo'lgan. Oxirgi 4ta o'yinda “Neftchi” safarda bu jamoa darvozasiga umuman gol ura olmagan.  



"Qo'qon-1912": "Qizilqum"ga qarshi tayyorgarlik davom etmoqda

O'zbekiston chempionatida muhim palla boshlandi.  CHempionat bahslari yakunlanishiga 8 tur qolgan bo'lsa-da, sovrinli o'rinlar va Oliy ligada qolish uchun kurash qizg'in pallaga kiridi. Bu yog'iga har bir ochkoning qadri baland bo'ladi. Buni his etgan jamoalar har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun astoyidil kurashadi.

Jamoa azolari ham buni yaxshi tushungan holda mashg'ulotlarga zo'r berishdi. “Buxoro”da mag'lubiyat unutilib, “Qizilqum”ga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanib yuborilgan. Aytish joizki, tayyorgarlik avjida. Juma kungi bahsda bizga faqat g'alaba kerak. Buni Rustam Abdullaev shogirdlari ham yaxshi tushunib turishibdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика