So’nggi yangiliklar

17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  3 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  2 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  8 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  14 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  4 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  2 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  3 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7

"Vodiy futboli": "Navbahor" ikkinchi davrani durang bilan boshladi Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Navbahor" ikkinchi davrani durang bilan boshladi

Vodiy klublaridan eng oxirgi bo'lib "Navbahor" 16-tur o'yinini o'tkazdi.
"Navbahor": Ikkinchi davrani durang bilan boshladik

Namanganning "Navbahor" klubi 16-turni Muborakda "Mashal" mehmoni bo'lib 2:2 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuv davomida "lochinlar" ikki to'p farq bilan oldinda borishdi, biroq "Mashal" ikkita gol urib hisobni tenglashtira oldi. Bahs so'nggida yarim himoyachi Azim Ahmedov ikkinchi sariq kartochka tufayli maydonni tark etdi. Birinchi bo'limning o'zida bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovga ham qizil kartochka ko'rsatilgan edi.


"Neftchi": Murod Ismoilov: "Bu mavsumda hech kim bizga ikkitadan ortiq gol ura olmagandi"

"SHo'rtan" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng Murod Ismoilov o'z fikrlarini bildirdi.

Ushbu uchrashuvdan oldin ahamiyatsiz muammolarga duch kelgan edik, ammo ular o'ta jiddiy bo'lib chiqdi. So'ngi o'yin oldi o'tkazilgan mashg'ulotlarda asosiy himoyachilarimizdan biri Jahongir Mehmonov jarohat olib jamoaga yordam berolmagan bo'lsa, Mansur Saidov, Muhsin Ubaydullaev va Umid Qodirov kabi uch nafar futbolchimiz sariq va qizil kartochkalar sababli maydonga tusholmadilar. SHu sababli, himoya chizig'ida tezkor ravishda tartibni o'zgartirishimizga to'g'ri keldi. Bu esa o'z o'rnida yakuniy natijaga tasir o'tkazdi.

Ammo bu bahona bo'la olmaydi, chunki bundan oldin joriy chempionatda bizga hech kim ikkitadan ortiq gol urmagan edi. Orqa va oldi chiziqlarda katta xatolarga yo'l qo'yganimiz etmagandek, biror bir jiddiy vaziyat ham yaratolmadik. Bu harakatlarimiz bilan “SHo'rtan” ga oldinga yurish uchun katta turtki berib qo'ydik va raqibimiz bunday imkoniyatlardan samarali foydalanib ochiq o'yin ko'rsatdi. Natija ham adolatli bo'ldi deb o'ylayman. Biz esa hatolarimiz ustida ko'p ishlashimiz zarur, chunki bizlarni oldinda ancha og'ir o'yinlar va kuchli raqiblar kutib turibdi.


"Andijon": Vuyovich va Anvar Berdiev tibbiy ko'rikdan o'ta olmagani sabab "Nasaf"ga qarshi o'ynay olmadi

Edgar Gess boshchiligidagi "Andijon" klubi 16-turda "Nasaf"ga yutqazib qo'ydi. Ushbu bahsda mezbonlar safida Predrag Vuyovich va Anvar Berdiev o'ynashmadi. Bunga futbolchilar davralar oralig'idagi tibbiy ko'rikdan o'ta olishmagani sabab qilib ko'rsatildi.

Ikkala futbolchi ham qaytadan tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agar shifokorlar ruxsat berishsa ular yana maydonga qaytishadi.


"Qo'qon-1912": Otaqo'ziev klub safida dublga erishgan ilk futbolchi

"Qo'qon-1912" ikkinchi davraning ilk uchrashuvini o'z maydonida "Dinamo"ga qarshi o'tkazib 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsda mezbonlar hujumchisi Nosir Otaqo'ziev dublga erishdi. Takidlash lozimki, 2015 yilgi mavsumda qo'qonliklar safid hech qaysi futbolchi bir o'yinda ikkita gol urmagan edi. Aynan Otaqo'ziev 6ta gol bilan klub to'purari bo'lib turibdi.

Nosir Otaqo'ziev so'nggi bor oliy ligada 2013 yilning 21 sentyabr kunida "Neftchi" tarkibida "Guliston" bilan bahsda dublga erishgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика