So’nggi yangiliklar

08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  1 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  9 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  4 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  33 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  12 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  6

Vodiy futboli. Bugun "Neftchi" va "Navbahor" 700-uchrashuvni o'tkazishadi Yangiliklar

Vodiy futboli. Bugun "Neftchi" va "Navbahor" 700-uchrashuvni o'tkazishadi

Bugun vodiyning ikki klubi oliy ligadagi o'zining 700-uchrashuvini o'tkazadi.

"Navbahor": Jamoamiz bugun 700-o'yinda maydonga tushadi

O'zbekiston chempionatlari o'tkazila boshlagandan beri oliy ligada muntazam ravishda ishtirok etib kelayotgan jamoamiz “Bunyodkor”ga qarshi bahsda “elita”dagi yubiley 700-o'yinida maydonga tushadi. 1992 yilda asos solingan oliy ligada uzluksiz ravishda ishtirok etayotgan jamoalar soni bugungi kunda uchtani tashkil etmoqda. “Navbahor”dan tashqari kuchlilar safida “Paxtakor” va “Neftchi” klublari ham muntazam tarzda qatnashib kelishmoqda.

Ushbu jamoalar 20-turda oliy ligadagi yubiley 700-o'yinlarini o'tkazishadi. Kecha “Paxtakor” G'uzorda “SHo'rtan”ga qarshi yubiley uchrashuvini o'tkazishga ulgurdi. “Navbahor” va “Neftchi” jamoalari esa yana bir necha soatdan so'ng yubiley o'yinda maydonga tushishadi. Futbolchilarimiz Toshkentning “Bunyodkor” klubi bilan kuch sinashishsa, farg'onaliklar Muborakda “Mashal” bilan bahs yuritishadi.

Jamoamizning oliy ligadagi statistikasi nazar tashlab, 699 ta o'yinda “Navbahor” sharafini himoya qilgan futbolchilarni 343 bor g'alabani tantana qilganliklariga guvoh bo'lish mumkin. 132 uchrashuvda kuchlar teng kelgan bo'lsa, 224 ta o'yinda imkoniyat boy berilgan. Futbolchilarimiz raqiblar darvozasini 1227 bor nishonga olib, o'z darvozalaridan 828 ta to'p olib chiqishgan. To'plar nisbatidagi farq +399 ni tashkil etmoqda.


"Qo'qon-1912": Yoshlarimiz "Olmaliq" bilan durang o'ynashdi

Uchrashuvning 12-daqiqasida Muhammadanas Hasanov jarima maydonchasi ichidagi palapartishlikdan so'ng, mehmonlar darvozasini ishg'ol etdi. 37-daqiqada mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Himoyachilarimizning xatosidan keyin Furqat Imomov “Qo'qon-1912” darvozasini ishg'ol etdi.

Butun o'yin davomida katta ustunlikka erishgan "Qo'qon-1912" ikki ochkodan mahrum bo'ldi.

Qo'qon-1912 - Olmaliq - 1:1 (1:1)
Gollar
: Muhammadanas Hasanov - 12 - Furqat Imomov - 37.
Qo'qon-1912: 1. Ruslan Matniyozov (48. Suhrob Qobilov-46), 4. Laziz Nazirov (77. Suhrob Qobilov - 46), 5. Hasanboy Ergashev, 10. Iqbol Malikjonov, 14. Avaz Mamatxo'jaev, 15. Maruf Zokirjonov, 17. Ismoil Oxunjonov (11. Ibrohim Muxtorov-70), 21. Doston Melqo'ziev, 22. Muhammadanas Hasanov (3. Sardor Uzoqov - 90), 23. Furqat Hasanboev, 25. Elyor Mo'ydinov (9. Abduqahhor O'ktamov 58, 7. Ibroxim Usmonov-89).


"Neftchi": Yoshlarimizda durang

Bugun "Mashal" - "Neftchi" o'rtasidagi bahs 18:00 da Bahrom Vafoev nomli stadionda boshlanadi. Maydon egalari bu uchrashuvda qizil-sariq, "Neftchi" esa o'zining ananaviy yashil libosida harakat qiladi.

Bu jamoalar o'rtasidagi Muborakda kechgan 14ta uchrashuvning 8tasida “Mashal” zafar quchgan. “Neftchi” 6 marta “Mashal”ni mag'lub etib qaytgan. Muborakda o'tgan oxirgi to'rt o'yinda "Neftchi" to'rt bor mag'lub bo'lgan.

Kecha jamoa yoshlari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi. O'yinning 34 daqiqasida Ixtiyor Toshpo'latovni burchakdan oshirib bergan to'pni Maradona Safarov boshi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.  Ikkinchi bo'limda esa aynan shunday holatdan mehmonlar unumli foydalandi.  Bu vaziyatda Sardor Qulmatov to'pni darvozaga aniq yo'lladi.  

Yoshlar ligasi,  20-tur.
Mashal (Muborak) – Neftchi (Farg'ona)  1:1
Gollar:
1:0 Maradona Safarov (34),  1:1 Sardor Qulmatov (60).

"Neftchi": 16. Abdumavlon Abdujalilov,  3. Sardor Qulmatov,  4. Otabek Maxamadjonov,  8. Doniyorjon Fozilov,  15. Zokirjon Nurmatov (c),  20. Dostonbek Tursunov,  23. Muhsinjon Ubaydullaev,  29. Tavakkaljon Abdurahmonov,  30. Tohir Karimov,  45. Otabek Isroilov,  77. Hayot Yoqubov.
Zaxira:  81. G'anijon Qurbonov,  7. Riza Ayvazov,  10. Xurshid Asqaraliev,  11. Husanboy G'aniev,  17. Sarvarjon Abdullaev,  25. Anvarjon Aminjonov.


"Andijon": Yoshlarimiz yirik hisobda yutqazishdi

Kecha yoshlar ligasi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi. "Andijon" jamoasi Buxoroda "Buxoro" mehmoni bo'lib 2:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. "Burgutlar" safida Nazirov va Yo'ldoshev gol urishdi. 80-daqiqada bosh hakam darvozabon Lochin Dolimovga qizil kartochka ko'rsatdi.

Bugun ikkala jamoaning asosiy tarkiblari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. O'yin soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика