"Vodiy futboli": 29-turda umuman g'alaba yo'q
05 noy 2015 17:12
Yangiliklar
"Vodiy futboli": 29-turda umuman g'alaba yo'q
"Navbahor": G'uzorda mag'lub bo'ldik
Oliy liganing 29-turida Namanganning "Navbahor" klubi G'uzorda "SHo'rtan" klubi mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda "lochinlar" 1:3 hisobida yutqazib qo'yishdi. "Navbahor" hisobidagi yagona golni Dilshod Jabborov urdi.
Jamoa 37 ochko bilan musobaqa jadvalining 7-pog'onasida bormoqda. So'nggi turni "Navbahor" o'z maydonida "Lokomotiv" klubiga qarshi o'tkazadi.
"Neftchi": "Buxoro"ga yutqazib qo'ydik
Farg'onaning "Neftchi" klubi bugun Buxoro mehmoni bo'lib 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. "Neftchi" tarkibida yagona golni Umid Qodirov urdi.
Farg'onaliklar 49 ochko bilan beshinchi o'rinda borishmoqda. Jamoa mavsumni shu o'rinda tugatishi aniq bo'ldi.
Oxirgi turda "Neftchi" o'z uyida "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.
"Qo'qon-1912": O'z maydonimizdagi oxirgi o'yinda yutqazdik
Oliy liganing 29-turida "Qo'qon-1912" o'z uyida "So'g'diyona"ni qabul qildi. O'yinda mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Qo'qonliklar safida yagona golni Otabek Haydarov Jizzax klubi darvozasiga urdi.
30-turni "Qo'qon-1912" Toshkentda "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazadi.
"Andijon": Oliy ligada qoldik
Sergey Kovshov boshchiligidagi "Andijon" klubi bugun o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qildi. O'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. "Burgutlar" safida Farhod Bekmurodov to'p kiritdi.
O'z ochkolarini 28taga etkazib olgan "Andijon" 13-o'rinni saqlab qoldi va oliy ligada qolish vazifasini bajardi.
Oxirgi turni "burgutlar" Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar