“Vodiy derbi”si oldidan: Kim qanday formada o'ynaydi?
30 mar 2018 20:02
Yangiliklar


“Vodiy derbi”si oldidan: Kim qanday formada o'ynaydi?
Bugun Qo'qondagi “Markaziy” stadionida “Qo'qon-1912” va “Navbahor” jamoalarining rasmiylari va PFL vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda ertaga bo'lib o'tadigan Superliga 4-tur doirasidagi “Qo'qon-1912”-“Navbahor” jamoalari o'rtasidagi o'yinning tashkiliy jihatlari ko'rib chiqilib, unda uchrashuv komissari Mamur Saidqosimov jamoalar vakillariga o'yinda bo'ladigan turli holatlar va tashkiliy masalalar haqida batafsil tushuncha berib o'tdi.
Yig'ilishda shuningdek, jamoalarning ertangi uchrashuvda kiyadigan liboslari ham tasdiqlandi. Unga ko'ra, qo'qonliklar havo rang liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi. Mehmonlar “Navbahor” jamoasi azolari esa oq-qizil rangli futbolkalarda harakat qilishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar