So’nggi yangiliklar

19:30"Бунёдкор" - "Бухоро" (онлайн ҳисоб)  6 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:30"Динамо" - "Шўртан" (онлайн ҳисоб)  3 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   7 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  3 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  8 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0

“Vodiy futboli”. Javohir Rasulov va SHukurali Po'latov derbini muxlislar qatorida kuzatadi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. Javohir Rasulov va SHukurali Po'latov derbini muxlislar qatorida kuzatadi

Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
“Andijon”: Yoshlar ligasi bahsi Oltinko'lda bo'lib o'tadi
Bugun yoshlar ligasining 11-tur o'yinlariga start beriladi. Vodiyda kichik derbi bo'lib o'tadi. “Andijon” yoshlari azaliy raqibi “Neftchi”ni qabul qiladi. O'tgan mavsum farg'onalik yoshlarga ustozlik qilgan Sergey Kovshov bugungi kunda “Andijon” yoshlari bilan ishlamoqda. “Neftchi” yoshlar jamoasini boshqarib kelayotgan Bahrom Haydarov esa ilgari “Andijon”da futbolchi sifatida faoliyat yuritgandi. SHu bois mazkur uchrashuvning qiziqarli kechishini tahmin qilish mumkin. Eslatib o'tamiz, uchrashuv Oltinko'l tumanidagi stadionda bo'ladi, kichik derbi 17:00da boshlanadi.


“Qo'qon-1912”: “Navbahor” bilan o'yinga chiptalar sotuvga chiqdi
31 may, yakshanba kuni Qo'qonda muxlislarni yana bir qiziqarli kechishi kutilayotgan vodiy derbisi kutib turibdi. Hozircha o'z maydonida mag'lub bo'lmayotgan “Qo'qon-1912” shu kuni ham tabiiyki muxlislari qarshisida g'alaba uchun o'ynaydi. Turnir jadvalidagi o'rniga havas qilib bo'lmaydigan “Navbahor” jamoasi ham safardan ochko bilan qaytib ketishga urinishi turgan gap. Mazkur qarama-qarshilikka chiptalar allaqachon sotuvga chiqdi. CHiptalarni stadion kassalarida sotilmoqda. Siz chipta olmadingizmi? U xolda shoshiling.




“Neftchi”: Javohir Rasulov derbini muxlislar qatorida kuzatadi
Markaziy yarim himoyachi Javohir Rasulov ertangi bahsni o'tkazib yuboradi. Boisi iqtidorli futbolchida jaroxat bor.

Bundan tashqari, SHukurali Po'latov ham diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmasligi, tabiiyki murabbiylar shtabi oldida bir qator muammolarni keltirib chiqaradi.


“Navbahor”: Bugungi mashg'ulot Namanganda bo'ladi
“Navbahor” futbolchilarining kechagi mashg'uloti Toshkentda o'tgan edi. Jamoa bugun Namanganga qaytib keldi va vodiy derbisiga tayyorgarlikni davom ettiradi.
“Navbahor”ning bugungi mashg'uloti Namangandagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика