So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  40 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

"Vodiy futboli". SHerzod Hakimov uylanmoqda. “Navbahor” bugun yig'iladi Yangiliklar

"Vodiy futboli". SHerzod Hakimov uylanmoqda. “Navbahor” bugun yig'iladi

Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

“Neftchi”: SHerzod Hakimov uylanmoqda

Farg'onaliklar kelayotgan yakshanba kuni o'z maydonida “Olmaliq”ni qabul qiladi. Bo'lajak bahsga jamoa jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. 8 iyun kuni hujumchi SHerzod Hakimovning nikoh to'yi. Unga futbolchilar munosib sovg'a sifatida navbatdagi turda g'alaba taqdim etmoqchi. “Olmaliq” bilan o'yinlarning boshlanish vaqti malum bo'ldi. Unga ko'ra, 6 iyun kuni Qirgulidagi “Neftchi SK” stadionida kechadigan “Neftchi” – “Olmaliq” yoshlari o'rtasidagi bahs 17:30da start olsa, 7 iyun kuni oliy liga doirasidagi bahs “Istiqlol” stadionida soat 18:00da boshlanadi. 

“Navbahor”: Jamoa bugun yig'iladi

Rejaga ko'ra futbolchilar ayni paytda klub qarorgohiga etib kelmoqda. O'tgan turda maydonga tushmagan Azam Aliev, Dilshod Jabborov va yana yoshlar jamoasidagi bir qator futbolchilar kecha yordamchi murabbiylar boshchiligida mashg'ulot o'tkazishdi. Bugundan Baxtiyor Ashurmatov mashg'ulotlarga o'zi boshchilik qiladi. “Navbahor”ning ham navbatdagi o'yinini boshlanish vaqtlari malum bo'lib ulgurdi. Klub matbuot xizmatining aytishicha, 5 iyun kuni yoshlar ligasining 12-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” uchrashuvi To'raqo'rg'ondagi “Yoshlik” stadionida soat 17:00da boshlanadi. Oliy liga o'yini esa 6 iyun kuni Namangan shahridagi “Markaziy” stadionda 18:00da start oladi. 


“Qo'qon-1912”: “Metallurg” bilan o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rilmoqda


Qo'qonliklar navbatdagi turni safarda aniqrog'i, Bekobodda “Metallurg”ga qarshi o'tkazadi. Bo'lajak bahsga jamoa azolari puxta tayyorgarlik ko'rmoqda. Tarkibda aytarli yo'qotishlar yo'q. “Metallurg” yoshlariga qarshi bahs 5 iyun kuni “Anoxin” nomli stadionda 17:30da boshlansa, 6 iyun kuni esa oliy liga uchrashuvi “Markaziy” stadionida 18:00da boshlanishi rejalashtirilgan. 

“Andijon”: Asror Rahmonov “So'g'diyona”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

O'tgan turda “Neftchi” bilan o'yinda hakam tomonidan ikkinchi marotaba sariq kartochka bilan ogohlantirib, maydonni sheriklaridan oldin tark etishga majbur bo'lgan Asror Rahmonov endi diskvalifikaciya tufayli navbatdagi bahsni o'tkazib yuborishga majbur. Eslatib o'tamiz, andijonliklar mazkur turni 6 iyun shanba kuni safarda “So'g'diyona”ga qarshi o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика