So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  2 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  12

“Vodiy futboli”. “Qo'qon-1912” mehribonlik uyiga boradi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. “Qo'qon-1912” mehribonlik uyiga boradi

Vodiy futbolidagi yangiliklarni berishda davom etamiz.
“Andijon”: Jamoa bugun yig'iladi

Bir kunlik hordiqdan so'ng “Andijon” jamoasi bugundan yana o'z qarorgohiga yig'ildi. Oxirgi ikki turdan beri jamoa yirik hisoblarda mag'lubiyatga uchrab muxlislarini ranjitib kelmoqda.

Endi “Andijon” navbatdagi turni safarda “So'g'diyona” klubiga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuvda jamoa qanday qilib bo'lmasin ochko olishni ko'zlagan holda tayyorgarlikni boshladi. “So'g'diyona”ga qarshi o'yindan oldin ham tarkibda o'ziga yarasha yo'qotishlar bor. Sayriddin G'afforov jarohatga duch kelgan. Bundan tashqari o'tgan turda qizil kartochka olgan Asror Rahmonov ham jizzaxliklarga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.


“Neftchi”: Jamoa bugun yig'iladi

“Andijon”ga qarshi bahsdan so'ng futbolchilarga dam berilgandi. Bugun esa jamoa yana o'z qarorgohida yig'iladi. “Neftchi”ning navbatdagi raqibi “Olmaliq”. Bo'lajak bahsga esa bugundan tayyorgarlik boshlanadi. Diskvalifikaciya tufayli o'tgan turda ishtirok eta olmagan SHukurali Po'latov yana keyingi o'yinlardan jamoaga yordam bera boshlaydi.


“Qo'qon-1912”: Bugun mehribonlik uyiga boriladi


“Navbahor” bilan o'yindan so'ng futbolchilarga bugun dam berildi. 1 iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo'qon-1912” FK bugun mehribonlik uyida bo'lib, ota-onasiz bo'lgan va bugungi kunda u erda tarbiyalanayotgan bolakaylar bilan uchrashib, ularga estalik sovg'alarni ulashadi. Bu haqda keyinroq batafsil malumot beramiz.


“Navbahor”: Futbolchilarga dam berildi

Oliy liga 11-turida “Qo'qon-1912” jamoasi bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng “Navbahor” o'yinchilariga bir kunlik dam berildi.

Futbolchilar ertaga Namangandagi bazada yig'iladi va Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida mashg'ulotlarga kirishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика