So’nggi yangiliklar

22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  4 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  43 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  0 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  10 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0

"Vodiy futboli". "Navbahor" muxlislariga yangilik Yangiliklar

"Vodiy futboli". "Navbahor" muxlislariga yangilik

Bugun yoshlar ligasining 8-turi doirasida vodiyning ikki klubi tur o'yinlarini o'tkazishadi.
"Andijon": Abdulatif Abduqodirov: "Sobiq jamoamga qarshi o'ynash baribir boshqacha bo'ladi"

Muxlislarga yaxshi malumki, “Andijon” jamoasi 8-tur uchrashuvini Toshkentda “Lokomotiv” klubiga qarshi o'tkazadi. Mazkur bahsga jamoamiz qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Temiryo'lchilarga qarshi uchrashuv oldidan “Andijon” hujumchisi Abdulatif Abduqodirovdan o'yin oldi fikrlarini bilishga qiziqdik. Boisi Abduqodirov “Lokomotiv” jamoasining sobiq o'yinchisi sanaladi. U 2008-2010 yillar mobaynida temiryo'lchilar sharafini himoya qilgan.

- Albatta, sobiq jamoamga qarshi o'ynash boshqacha bo'ladi. “Lokomotiv” sharafini uch mavsum himoya qilib, jamoada yaxshi damlarni o'tkazganman. 2009 yili boshqaruvga Vadim Abramov kelganidan so'ng “Lokomotiv” yaxshi jamoaga aylangan. O'sha paytda men ham uning qo'l ostida to'p surganman. To'g'ri, ayni paytda “Loko” chempionatimizning etakchi klublaridan biri sanaladi. Ularga qarshilik ko'rsatish oson emas. Ammo futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. SHu bois “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvda maydonga ochko olish ilinjida tushamiz.  


"Qo'qon-1912": Yoshlarimiz bugun ham g'alaba haqida o'ylamoqda

Bugun yoshlar ligasining 8-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. CHempionatni hamon mag'lubiyatsiz o'tkazayotgan "Qo'qon-1912" yoshlar jamoamiz ham bugun tong saharda Navoiy shahriga etib keldi.

Kecha yoshlar jamoamizning etakchi o'yinchilari bilan suhbatlashib kelar ekanmiz, "Qizilqum" bilan o'yinda ham faqat g'alaba uchun o'ynashlarini alohida takidlab o'tishdi.
Markaziy himoyachi Ismoiljon Oxunjonov va markaziy yarim himoyachi Iqboljon Malikjonov bugun uyga 3 ochko bilan qaytishlari uchun astoydil tayyorgarlik ko'rayotganini aytib o'tdi. Demak, yoshlarimizdan g'alaba kutib qolamiz. Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv bugun soat 17:00da boshlanadi.   



"Neftchi": Yoshlarimiz bugun "Dinamo"ga qarshi o'ynashadi

Bugun yoshlar ligasining 8-tur o'yinlari boshlanadi. Farg'onaning "Neftchi" klubi yoshlari Samarqandning "Dinamo" klubini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv Qirgulidagi "Neftchi" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs soat 17:00da boshlanadi.

Bahrom Haydarov boshchiligidagi farg'onalik yoshlar hozirga qadar 7ta o'yinda 2ta g'alaba 1ta durang qayd etishdi. SHu bois navbatdagi bahsda futbolchilar faqat g'alaba uchun maydonga  tushishadi.


"Navbahor": CHipta narxi 5000ga tushdi

Namanganning "Navbahor" klubi oliy liganing 8-turini Qarshining "Nasaf" klubiga qarshi o'tkazadi. O'yin arafasida klub matbuot xizmati muxlislar uchun yangilikni malum qildi.

Unga ko'ra keyingi uchrashuv uchun chiqarilgan chiptalar narxi barcha sektorlar uchun 5000 so'mdan sotiladi. Bu klub rahbariyati tomonidan muxlislar talab-istaklarini inobatga olingani bilan izohlandi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar "Navbahor"ning uy o'yinlariga chiptalar 10 ming, 7 ming so'mdan sotilayotgan edi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика