So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  9 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  10 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

“Vodiy futboli”. “Navbahor” – “Buxoro” o'yini tanaffusida yosh bolalar taqdirlanadi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. “Navbahor” – “Buxoro” o'yini tanaffusida yosh bolalar taqdirlanadi

Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
“Andijon”: Bugun Zominda o'yin

Bugun oliy ligada 12-tur uchrashuvlariga start beriladi. Kecha Jizzaxga kelgan “Andijon” jamoasi Zominda “So'g'diyona”ga qarshi maydonga tushadi.
Albatta hayron qolish mumkin, avvalgi turda “So'g'diyona” o'z maydonida “Paxtakor”ga qarshi bahsni Yangierda o'tkazgandi. Bu safar o'yin Zominda bo'lmoqda. Jizzaxga 3 ochko ilinjida kelgan jamoamiz bu o'yinda maydonga g'alaba qozonish uchun tushadi.


“Qo'qon-1912”: Jamoa kecha Gulistonga etib keldi

Malumki bugun “Qo'qon-1912” Bekobodda “Metallurg” bilan kuch sinashadi. Bo'lajak bahsga jiddiy hozirlik ko'rildi. Jamoa azolari kecha Guliston shahridagi Oltin vodiy mehmonxonasiga kelib joylashdi. Tushlikdan so'ng Bekobod tomon yo'lga chiqiladi. “Metallurg” bilan o'yin oldidan tarkibda o'ziga yarasha muammolar bo'lib, Izzat G'aniev jaroxat sabab mazkur uchrashuvni o'tkazib yuborsa, sariq kartochkalari soni 4taga etgan himoyachilar Ilya Ilin bilan Xurshid Muxtorov va shuningdek yoshlar ligasining o'tgan turida ikkinchi sariq kartochaki olib, maydondan chetlatilgan Maruf Zokirjonov bugungi bahsni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, bugun “Metallurg” – “Qo'qon-1912” bahsi soat 18:00da start oladi!


“Navbahor”: “Buxoro” bilan o'yinning tanaffus vaqtida yosh bolalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi


Bugun “lochinlar” o'z maydonida “Buxoro” bilan o'ynaydi. Mazkur uchrashuvning tanaffus vaqtida “Navbahor” FK qoshidagi “Umid” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bo'lmish 1999 yil va 2003-2004 yilda tug'ilgan yosh futbolchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Sababi yaqinda Marg'ilon shahrida bo'lib o'tgan turnirda 2003-2004 yilda tavallud topgan yosh futbolchilar 2-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, Samarqanddagi musobaqada 1999 yildagi futbolchilar 3-o'rinni egalladi.


“Neftchi”: Bugun yoshlar jamoasi o'ynaydi

Yoshlar ligasining 12-tur o'yinlari bugun ham davom ettiriladi. Bahrom Haydarov boshqaruvidagi “Neftchi” yoshlar jamoasi Qirgulidagi “Neftchi SK” stadionida “Olmaliq” yoshlar jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 17:30da start oladi.
Aytish lozimki, “Neftchi” yoshlar jamoas 9 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasini band etib turibdi. “Olmaliq” yoshlari hisobida esa 19 ochko mavjud. Egallab turgan o'rni esa 5.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика