So’nggi yangiliklar

01:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал" 3:0 (матнли трансляция)  140 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  0 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  3

“Vodiy futboli”. Lochin Soliev: Ramziy terma jamoaga kirganimdan xursandman Yangiliklar

“Vodiy futboli”. Lochin Soliev: Ramziy terma jamoaga kirganimdan xursandman

Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan xabardor qilishda davom etamiz.
"Andijon": Lochin Soliev: Ramziy terma jamoaga kirganimdan xursandman

“Andijon” jamoasini O'zbekiston Kubogi 1/8 final dastlabki uchrashuviga tayyorgarligi davom etmoqda. Jamoamiz ertaga Bekobodning “Metallurg” klubiga qarshi o'tkazadi.
“Andijon” jamoamiz hujumchisi Lochin Soliev 12-turning ramziy terma jamoasidan joy olgani muxlislarga yaxshi malum. Hujumchimiz bunga o'z fikrini bildirib o'tdi.
- Avvalo, turning ramziy terma jamoasidan joy olganimdan xursandman. Xudoga shukr, sekin-asta avvalgi sport formamni tiklab boryapman. Buning uchun bosh murabbiy Edgar Gessdan minnatdorman. Murabbiy menga o'ynash imkoniyatini bergan holda ishonch bildirmoqda. Men esa bu ishonchni oqlashga harakat qilyapman. Oldinda o'yinlarimiz ko'p va mag'lubiyatlar tasodif ekanligini isbotlaymiz.
Safarda “So'g'diyona” jamoasini mag'lub etib kerakli 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Bu o'yinda to'g'ri tanlangan taktika evaziga g'alaba qo'lga kiritildi. Bu uchrashuvda gol urib jamoamga foyda keltirganimdan mamnunman. Qolaversa, bu o'yinda gol urishimda jamoadoshlarimning xissasi katta bo'ldi. Buning uchun ularga ham rahmat aytaman.


“Qo'qon-1912”: Bugun jamoa Yangierga yo'l oladi

Toshkentda qisqa muddatli yig'in o'tkazgan “Qo'qon-1912” o'z rejasiga ko'ra bugun Yangierga yo'l oladi.
Xabaringiz bo'lsa kerak, qo'qonliklarni ertaga kubok doirasidan o'rin olgan “So'g'diyona”ga qarshi bahs kutib turibdi. O'yin Zominda bo'lishi munosabati bilan unga yaqin xududda joylashgan Yangierdagi qarorgohga borish lozim topildi.
Aytish kerakki, “So'g'diyona” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi ertaga soat 17:45da start oladi.


“Navbahor”: Mashg'ulotlar “Geofizika”da o'tkazilmoqda


Namanganning “Navbahor” jamoasi navbatdagi turga tayyorgarlikni Toshkentda olib bormoqda. Bugungi mashg'ulotlar 18:30 da “Geofizika” stadionida bo'lib o'tadi.
Jarohatini davolagan Raxmatilla Berdimurodov bugundan safga qo'shiladi va engil mashqlarni bajaradi.


“Neftchi”: Jamoa bugun yig'iladi

Oliy liga 12-turida “Olmaliq” ustidan qozonilgan g'alaba (3:1)dan so'ng “Neftchi” futbolchilari 11 iyunga qadar kichik tatilga chiqqan edilar. Jamoa bugun Qirgulidagi bazada yig'iladi va keyingi bahsga tayyorgarlikni boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, “Neftchi” keyingi uchrashuvni “Qo'qon-1912”ga qarshi o'tkazadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика