"Vodiy futboli": Gess ertaga Andijonga keladi
12 iyu 2015 15:30
Yangiliklar


"Vodiy futboli": Gess ertaga Andijonga keladi
"Neftchi": CHeremisin Farg'onaga keldi
Farg'onaning "Neftchi" klubi ikki kundan buyon o'z qarorgohida yig'in o'tkazmoqda. Murod Ismoilov shogirdlari Qirguli stadionida mashg'ulotlarda qatnashishmoqda.
Klubning xorijlik posboni Evgeniy CHeremisin o'z yurtidan qaytib keldi va mashg'ulotlarga qo'shildi.
"Navbahor": Hozircha Volkov bilan shartnoma tuzilmadi
Avvalroq Aleksandr Volkovni jamoamizda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ish boshlashi haqida xabar bergandik.
Ayni paytda Volkov masalasi malum sabablarga ko'ra ochiq turibdi. SHu sababli, uni jamoamizga o'tishi to'liq hal bo'lganicha yo'q.
Volkov bilan bog'liq masala yaqin kunlar uzil-kesil hal etiladi.
"Andijon": Gess ertaga keladi
"Andijon" klubi ikkinchi davraga tayyorgarlikni Toshkent viloyatining tog'li hududlarda emas Toshkentda o'tkazadigan bo'ldi.
Jamoa tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan. Hozircha mashg'ulotlarni Vitaliy Legay va Qahramon Abduqodirov olib borishmoqda.
Bosh murabbiy Edgar Gess va uning yordamchisi Oleg Tyulkin Andijonga 13 iyul kuni kelishadi.

Fikrlar