So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   1 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  6 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   1 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

"Vodiy futboli". Bugun Murod Ismoilov taqdirlanadi Yangiliklar

"Vodiy futboli". Bugun Murod Ismoilov taqdirlanadi

Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
"Andijon": Bugun Bekobodda o'yin

Bugun oliy ligada 10-tur bahslariga start beriladi. “Andijon” mazkur turni safarda “Metallurg”ga qarshi o'tkazadi.

Takidlash joizki, ikkala jamoa ham o'tgan turda g'alaba nashidasini surib o'z hisobiga 3 ochkodan qo'shib qo'ydi. SHu bois jamoalar bugungi bahsga ko'tarinki kayfiyatda tayyorgarlik ko'rishdi. Kecha Toshkentga yig'ilgan “Andijon” jamoasi poytaxtda o'yin oldi mashg'ulotini o'tkazdi. Kechki mahaldagi mashg'ulot “Soliqchi” stadionida bo'lib o'tdi. Bir so'z bilan aytganda, jamoamiz bugungi bellashuvga tayyor va Bekobodda futbolchilar ochko olish ilinjida maydonga tushishadi.

Kecha “Metallurg” va “Andijon” o'rinbosarlari o'rtasidagi bahsda yoshlarimiz 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Bugun asosiy tarkib jamoalari o'rtasidagi bahs 17:30da boshlanadi.


“Neftchi”: Bugun aprel oyining “Eng yaxshilari” va Omonbulbul taqdirlanadi

Xabaringizbor, bugun “Neftchi” o'z maydonida “Nasaf”ni qabul qiladi. Qiziqarli kechishi kutilayotgan mazkur bahs oldidan o'ziga xos kichik tadbir tashkil etilishi rejalashtirilgan. Gap shundaki, O'zbekiston Professional Futbol Ligasi va “Championat.Asia” sayti hamkorlikda tashkil etgan oy laureatlarining ortda qolgan aprel oyida “Eng yaxshi murabbiy” Murod Ismoilov (“Neftchi”) va “Eng yaxshifutbolchisi” deb topilgan SHoxruh Gadoev bugungi o'yin oldidan taqdirlanadi. Ularga PFL vakili Valeriy Lyotkin maxsus sovg'ani topshiradi.

SHuningdek, 2015 yil Yurtboshimiz tomonidan “Keksalarni ezozlash yili” deya atalgani munosabati bilan joylarda keksalarga extirom ko'rsatilmoqda. Xususan, “Neftchi” klubi ham bugun jamoaning tashkil etilganidan buyon butun vujudi bilan ishqibozlik qilib kelayotgan taniqli Omonbulbulga izzat-ikrom ko'rsatgan holda, klubning sovg'asi bilan taqdirlashni rejasiga kiritgan.


“Qo'qon-1912”: Bugun yoshlarimiz o'ynaydi

Yoshlar ligasining 10-tur o'yinlari bugun nihoyasiga etadi. Muhsin Nizomiddinov boshqaruvidagi “Qo'qon-1912” yoshlar jamoamiz yana bir necha soatlardan so'ng Toshkentda “Lokomotiv” bilan kuch sinashadi. Bugungi raqibimiz “temiryo'lchilar” yoshlar ligasida shu kungacha 9ta o'yin o'tkazib,11 ochko jamg'argan holda, turnir jadvalida 11-o'rinni band etib turibdi. Yoshlar jamoamiz esa 8ta o'yinda 16 ochko qo'lga kiritib, jadvalning 5-pog'onasini band etib turibdi.

Yoshlar jamoamiz haqida gap ketganida yana bir faktni aytib o'tishni istardikki, jamoa chempionatda shu kungacha mag'lubiyatga uchramagan yagona klub bo'lib turibdi. Istardikki, bugungi bahsda ham Muhsin Nizomiddinov shogirdlari ushbu yoqimli ananani davom ettirishini. Bu borada yoshlarimizga muvaffaqiyat tilab qolamiz.


“Navbahor”: “Olmaliq” bilan o'yin 18:00 ga ko'chirildi

Bugun oliy liga 10-turi doirasida “Navbahor” jamoasi “Olmaliq”ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv 19:00 da boshlanishi kerak edi, lekin klub matbuot xizmatining malum qilishicha, ob-havo o'zgarishi va boshqa sabablarga ko'ra o'yinning boshlanish vaqti 18:00 ga ko'chirilgan.
Bundan tashqari, jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovning diskvalifikaciyasi yakuniga etdi. 8-turda “Nasaf”ga qarshi bahsda maydondan chetlatilgan Ashurmatov o'tgan turni o'tkazib yuborgan edi. Bugun u shogirdlariga bevosita maydondan turib ko'rsatmalar berib turadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика