So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  11 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  72 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  3 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  2 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  0 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  5 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

“Vodiy futboli”. “Andijon” o'yinchilariga bir kunlik dam berildi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. “Andijon” o'yinchilariga bir kunlik dam berildi

Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
“Andijon”: Bugun futbolchilarga dam berildi

“Andijon” jamoasi Oliy liganing navbatdagi 10-turida Bekobodda “Metallurg” mehmoni bo'ladi. Kecha o'tkazilgan kechki mashg'ulotdan so'ng o'yinchilarga bir kunlik dam berilgan. Demak, futbolchilar bugun dam olishadi hamda ertaga Toshkentda yig'ilishadi. “Metallurg” bilan o'yin 23 may sanasida bo'lib o'tadi.


“Qo'qon-1912”: OTJmizni OCHga borishi futbolchilarimizni xursand qilib yubordi

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tadigan U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati final bosqichida ishtirok etadi.
Aytish kerakki, bu minglab o'zbeklar qatori “Qo'qon-1912” FK azolarini ham quvontirib yubordi. Olimpiya terma jamoamizga qo'qonlik Baxtiyor Ashurmatovning bosh murabbiylik qilayotgani hech kimga sir emas. Qolaversa ushbu jamoaga jamoamizdan ham bir qator nomzodlar bor. Xususan, Xurshid Muxtorov, Quvondiq Ro'ziev va Doniyor Usmonov yaqinda tashkil etilgan Toshkentdagi ikki kunlik yig'inda ishtirok etib qaytishgandi. Ularning har biri Osiyo chempionatiga borish ilinjida, “V” guruhidagi vaziyat bilan qiziqib bordik. Va nihoyat kecha Iordaniya - Quvayt bahsi bizning foydamizga hal bo'lganidan so'ng, futbolchilar engil tin ola boshladi va OTJmiz yig'iniga borganida o'zlarini ko'rsatish uchun astoydil xarakat qilishini takidlab o'tishdi.


“Neftchi”: Mashg'ulotlar yopiq tarzda olib borilmoqda

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi oliy liga 10-turida Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi. Mashg'ulotlar kuniga ikki maxaldan olib borilayotgani haqida xabar bergan edik, ushbu mashg'ulotlar yopiq tarzda o'tkazilmoqda. Jamoaga g'alaba zarurligi uchun ham mashg'ulotlar yopiq tarzda o'tkazilmoqda.


“Navbahor”: Ertaga yoshlarimiz o'ynaydi

Namanganning “Navbahor” jamoasi yoshlari ertaga “Olmaliq” yoshlari bilan kuch sinashadilar. Uchrashuv To'raqo'rg'ondagi stadionda 17:00 da boshlanadi. Tarkibda hech qanday yo'qotishlar yo'q.
Eslatib o'tamiz, “Navbaxor” yoshlari 9ta o'yindan 10 ochko jamg'argan holda 11 pog'onada borishmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика