Vo Min Xoa: "O'zbekistonni mag'lub etib, guruh g'olibi sifatida pley-offga chiqmoqchimiz"
21 apr 2024 14:09
Yangiliklar
Vo Min Xoa: "O'zbekistonni mag'lub etib, guruh g'olibi sifatida pley-offga chiqmoqchimiz"
Vetnam U-23 terma jamoasi futbolchisi Vo Min Xoa O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Yarim himoyachi jamoasi chorak final yo'llanmasini muddatidan ilgari qo'lga kiritganiga qaramay, "D" guruhining so'nggi turida O'zbekistonga qarshi bor imkoniyatini namoyish etishini bildirdi.
"Oxirgi turda butun jamoa ijobiy natijaga erishish uchun maksimal kuch sarflaydi. Biz chorak finalga guruh peshqadami sifatida yo'l olishni istaymiz", — dedi Min Xoa.
Eslatib o'tamiz, Vetnam O'zbekiston bilan bir xil — 6 ochko jamg'argan holda to'plar nisbatiga ko'ra, 2-o'rinda bormoqda.
Jamoalar o'rtasidagi 3-tur uchrashuvi 23 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar