So’nggi yangiliklar

13:31"Манчестер Юнайтед" тажрибали дарвозабон билан шартномани узайтирмоқчи  0 13:03"Барса" етакчилари Араухонинг "Реал"га қарши ўйнашига қарши  11 12:37Ким чемпион? Гёкереш ёки Ди Мария? Бугун Португалияда мавсум ўйини бор  1 12:17Ямаль машҳур бренднинг элчиси бўлди  1 11:49Рафаэл Леау АПЛнинг топ-клублари диққат марказида  0 11:20Ички ҳиссиёт. "Насаф" бугун Қаршида очко йўқотади(ми)?  14 11:12Роналду "Спортинг"га ўтишга яқин. Португалиялик ЖЧ-2026га қадар ватанига қайтмоқчи  7 10:46"Арсенал" асосий футболчиси билан музокараларни бошлади  3 10:16«Реал» Алонсо учун «Байер»га қанча товон пули тўлаши маълум бўлди  13 09:45Испания терма жамоаси футболчиси "Арсенал" билан келишувга эришди  10 09:17Пол Робинсон: "МЮ ва "Тоттенхэм" ЕЧЛга тайёр эмас"  12 08:50Салоҳ — журналистлар талқинига кўра АПЛда мавсумнинг энг яхши футболчиси  12 08:22"Байер"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  1 07:54"Барселона" учта ўртоқлик учрашуви учун 15 миллион олади  5 07:25Суперлига. Бугун 9-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  8

Vlado Radmanovich: "Mundial sari dastlabki jiddiy qadamni tashladik. Noyabr oyidagi uchrashuvlarda Srechko Katanecning o'zi terma jamoani maydonga boshlab tushadi" Yangiliklar

Vlado Radmanovich: "Mundial sari dastlabki jiddiy qadamni tashladik. Noyabr oyidagi uchrashuvlarda Srechko Katanecning o'zi terma jamoani maydonga boshlab tushadi"

JCH-2026 saralashidan o'rin olgan O'zbekiston – BAA (1:0) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz murabbiyi Vlado Radmanovich matbuot anjumanida qatnashdi va jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

"Mening fikrimga qo'shilasizlar degan umiddaman, bugun biz qiyin o'yin o'tkazdik. Bugungi o'yin oldidan biz hech qachon o'z uyimizda BAAni mag'lub etmagandik. Bu noxush ananaga bugun chek qo'yildi. Birinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish eta olmadik, tanaffusdan keyin esa o'yin o'zgardi. Muxlislarga rahmat aytaman va alohida shifokorlar "shtabi"ga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular ko'p mehnat qilishmoqda. Bugun mundial sari jiddiy qadam tashladik. Bosh hakam o'yin yakunlanganini elon qilganida biz dastlabki qadamni tashlaganimizni sezdim. Bugun g'alabaga loyiq edik.

- Terma jamoamiz qanday o'yin namoyish etishidan qatiy nazar, biz sizlarni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz. O'tgan safar tavakkalchilik haqida ko'p gapirilgandi, bugun terma jamoamiz tavakkalga qo'l urdi va Bobir Abdiholiqovni maydonga tushirdi. Abdiholiqov esa penalti ishladi. Demak, tavakkal qilish ham foydali ekan. Tavakkalchilikka qo'l urish qanchalik ijobiy natija berishi mumkin? Ko'p vaziyatlar yaratyapmiz, ammo ulardan foydalanish darajamiz yaxshi emas.

- Men har bir matbuot anjumanida o'yinchilar bilan muammo borligi haqida takidlab o'taman. Realizaciya bo'yicha muammolar bor. O'yin davomida juda tezkor qaror qabul qilish kerak. Bizda turli xil futbolchilar bor. O'yin tempi juda-juda yuqori bo'ladi va o'yin davomida tezkor qaror qabul qilish bu oson vazifa emas. O'yinga to'g'ri tasir o'tkazish juda-juda muhim. Tavakkal esa juda xavfli narsa, ayrim bir holatda bizga foyda keltirishi mumkin, ammo qolgan vaziyatlarda zararga ishlaydi.

- Bugungi uchrashuvda himoyachi o'rniga hujumchini maydonga tushirish Eronga qarshi o'yindan keyin qabul qilingan qaror edimi yoki bu Srechko Katanecning ko'rsatmasi edimi?

- Biz Katanec bilan aloqada edik, ammo biz juda qisqa vaqt ichida qaror qabul qilishimiz kerak edi. Katanec o'zgarish qilinglar deyishga ulgurmasdi baribir. Himoyachi o'rniga hujumchini maydonga tushirish - mantiqiy qaror. Raqib bir kishi kam bo'lib qolganida bunday qaror qabul qilish tabiiy hol. Katanec bizga qo'ng'iroq qildi va hujumchini maydonga tushirish bo'yicha qanday fikrdasizlar deb so'radi.

- Ushbu bosqichdagi o'yinlarda javobgarlik va bosim darajasi yuqori bo'lgani uchun futbolchilarimizning potenciali bosim tufayli to'liq namoyon bo'lmayotgandek. Masalan, Abbosbek Fayzullaevga ushbu jihat xalal berayotgandek. U o'zinining to'liq imkoniyatlarini namoyish eta olmayapti. Terma jamoamizda ruhiyat masalasida ish olib borilmoqdami?

- Siz haqsiz. Futbolchilar ruhiy tomonlama ham tayyor bo'lishlari juda muhim. Fayzullaev mashg'ulotlarda jarohat olgan edi va bundan xabaringiz bor. U o'yinda ishtirok etishi katta masala ostida edi. SHu sababli men shifokorlarimizga katta rahmat aytib o'taman.

- Saralashning to'rtinchi turiga kelib terma jamoamiz maksimal 12 ochkodan 10 ochko to'play oldi. Murabbiylar shtabi dastlabki to'rt uchrashuvda qancha ochko jamg'arishni maqsad qilgandi? SHuningdek, keyingi oydagi uchrashuvlarni safarda o'tkazamiz. Ushbu o'yinlarga reja tayyormi?

- Biz har bir uchrashuvda maksimal ochko jamg'arishni maqsad qilgandik. Noyabr oyidagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishdan oldin bosh murabbiyimiz bilan suhbatlashishimiz kerak. Balki janob Katanecning yangi g'oyalari bordir, balki terma jamoaga yangi futbolchilarni chaqirarmiz. Noyabr oyidagi uchrashuvlarda Srechko Katanec terma jamoamizni o'zi maydonga boshlab tushadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика