So’nggi yangiliklar

12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  1 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  14 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  22 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8

Vladislav Ceytlin FIFA referiligini yakunlab, instruktorlik faoliyatini boshlaydi Yangiliklar

Vladislav Ceytlin FIFA referiligini yakunlab, instruktorlik faoliyatini boshlaydi

Teglar :  Vladislav Ceytlin
O'zbekistonlik FIFA referisi Vladislav Ceytlin 45 yoshni qarshi olishi munosabati bilan xalqaro turnirlardagi hakamlik faoliyatini yakunlaydi.

Malumki, FIFA hakamligida yosh chegarasi 45gacha qilib belgilab qo'yilgan. SHuning uchun, endilikda Vladislav Ceytlin OFK va FIFA istruktorligi faoliyatini boshlaydi.

Ushbu munosabat bilan Osiyo Futbol Konfederaciyasi o'zbekistonlik hakamga uzoq yillar davomida hakam sifatida ko'rsatgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirish va bo'lajak instruktor sifatida uni tanishtirish maqsadida 2017 yilning 19 yanvar sanasida Kuala-Lumpurga taklif etdi.

“Vladislav Ceytlin xalqaro musobaqalardagi hakamlik faoliyatini yakunlashiga qaramay, O'zbekiston chempionati va kubok bahslarida hakam sifatidagi faoliyatini davom ettiradi. O'zbekistonda hakamlar uchun yosh chegarasi 48 qilib belgilangan”, - deydi O'zbekiston Futbol Federaciyasi hakamlar va inspektorlar departamenti boshlig'i Noil Lutfulin.

Takidlash kerakki, Ceytlin shu yilning 10 – 19 may hamda 20 – 27 oktyabr kunlari UEFAning hakamlar mahoratini oshirish markazining maxsus dasturi doirasidagi istruktorlik o'quv-kurslarida tahsil olib qaytgan edi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика