"CHelsi" ukrainalik darvozabonga ko'z tikdi
13 sen 2024 15:22
Yangiliklar
"CHelsi" ukrainalik darvozabonga ko'z tikdi
Angliyaning "CHelsi" klubi ukrainalik posbon Vladislav Krapivcov nomzodini ko'rmoqda, deya xabar berdi jurnalist Igor Burbas.
Xabar qilinishicha, 19 yoshli Krapivcov "ko'klar"ning o'rinbosarlari safida ko'rikdan o'tmoqda va tez orada ular bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Avvalroq ukrainalik futbolchiga "Sautgempton" ham qiziqish bildirgan, biroq ular Krapivcov tufayli Evropa Ittifoqi fuqaroligi bo'lmagan futbolchi uchun ajratiladigan yagona kvotadan foydalanmaslikka qaror qilishgan.
Eslatib o'tamiz, Vladislav Krapivcov Evro U-19 musobaqasining eng yaxshi darvozaboni deb etirof etilgandi. U o'tgan mavsum Ukrainaning "Dnerp-1" o'smirlar jamoasida 25 ta o'yin o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar