Vladimir Gabulov faoliyatini yakunladi
12 noy 2018 14:46
Yangiliklar
Vladimir Gabulov faoliyatini yakunladi
"Bryugge" sobiq posboni Vladimir Gabulov "Instagram"dagi sahifasida faoliyatini 35 yoshda yakunlagani haqida elon qildi.
"Hurmatli do'stlar! Faoliyatimni yakunlaganim haqida elon qilaman. Men 19 yillik faoliyatim davomida turli klublarda to'p tepdim, malum bir natijalarga erishdim. Har bir o'yinda borimni berdim va undan rohat oldaim" - deyiladi Gabulov "Instagrami"da.
Gabulovning so'nggi klubi Belgiyaning "Bryugge" klubi edi. Gabulov faoliyati davomida "Dinamo", "Alaniya", CSKA, "Kuban", "Amkar" va "Anji" klublari sharafini himoya qilgan. U ikki karra Rossiya chempioni, Kubok g'olibi, Superkubok sohibi hisoblanadi. Bundan tashqari u UEFA Kubogi g'olibiga aylangan. Gabulov Rossiya terma jamoasi safida Evro-2008da bronza medallarini qo'lga kiritdi va JCH-2018da chorak finalgacha etib bordi.
Fikrlar