Vladimir Gabulov faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
12 noya 2018
"Bryugge" sobiq posboni Vladimir Gabulov "Instagram"dagi sahifasida faoliyatini 35 yoshda yakunlagani haqida e'lon qildi.

"Hurmatli do'stlar! Faoliyatimni yakunlaganim haqida e'lon qilaman. Men 19 yillik faoliyatim davomida turli klublarda to'p tepdim, ma'lum bir natijalarga erishdim. Har bir o'yinda borimni berdim va undan rohat oldaim" - deyiladi Gabulov "Instagrami"da.

Gabulovning so'nggi klubi Belgiyaning "Bryugge" klubi edi. Gabulov faoliyati davomida "Dinamo", "Alaniya", SSKA, "Kuban", "Amkar" va "Anji" klublari sharafini himoya qilgan. U ikki karra Rossiya chempioni, Kubok g'olibi, Superkubok sohibi hisoblanadi. Bundan tashqari u UEFA Kubogi g'olibiga aylangan. Gabulov Rossiya terma jamoasi safida Evro-2008da bronza medallarini qo'lga kiritdi va JCH-2018da chorak finalgacha yetib bordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/vladimir_gabulov