Vitor Roke: "Barselona" - dunyoning eng yaxshi klubi"
29 dek 2023 20:13
Yangiliklar
Vitor Roke: "Barselona" - dunyoning eng yaxshi klubi"
- "Barselona" Sizga qiziqish bildirganida nimalar haqida o'yladingiz?
- Avvaliga ishonmadim. Keyin barchasi jiddiylashib ketdi. Dadam bilan gaplashdim. Barchasi tasdiqlanganidan keyin juda xursand bo'lib ketdim, chunki orzum ushalgandi.
- Sizni nimalar hayron qoldirdi?
- Butun hayotim davomida "Barselona"ga muxilslik qilganman va bu erda o'ynash orzum edi. Asosiy kumirlarim Romario hamda Neymar shu erda o'ynashgan va tarix yozishgan. Ushbu libos bilan jamoa sharafini himoya qilish juda yoqimli bo'ladi.
- Faoliyatingizdagi yangi bosqich boshlanmoqda. Mavsum yakuniga qadar nimalarga erishishni maqsad qilgansiz?
- LaLigada doimo yuqori o'rinda bo'lishni istayman. ECHL g'olibligi uchun kurashamiz. CHunki "Barselona"ga g'alabalar kerakligini juda yaxshi bilamiz, - dedi Roke.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar