“Vitess” Sluckiy qo'l ostida klub rekordini yangiladi
20 okt 2019 09:38
Yangiliklar
“Vitess” Sluckiy qo'l ostida klub rekordini yangiladi
Gollandiya chempionatining 10-turida “Vitess” yirik g'alabani qo'lga kiritdi.
“Football Oranje” xabariga ko'ra, Sluckiy jamoasi “VVV-Venlo” klubini 4:0 hisobida mag'lub etib, klub rekordini o'rnatdi. “Vitess” chempionatning dastlabki 10 ta turida 23 ochko jamg'arishga erishdi. Ilgari hech qachon jamoa Gollandiya chempionatida bu kabi natijaga erishmagan.
SHu tariqa rossiyalik mutaxassis va uning jamoasi 2000/2001 yillarda Ronald Kuman tomonidan o'rnatilgan rekord (22 ochko)ni yangilashga erishdi.
“Vitess” ayni paytda 23 ochko bilan Erediviziyada uchinchi pog'onada bormoqda. Sluckiy jamoasi peshqadam “Ayaks”dan uch ochkoga ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar