Vitaliy Ni: "Gevorkyan "Nasaf" uchun juda katta yo'qotish"
05 iyu 2016 22:18
Yangiliklar
Vitaliy Ni: "Gevorkyan "Nasaf" uchun juda katta yo'qotish"
"Bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushdik. Oxirgi o'yinlarda bizda qoniqarsiz natijalar qayd etilayotgandi. Kubok o'yini ikkita o'yindan iborat. Bugun jamoa haqli g'alabaga erishdi. "Andijon" jamoasi yaxshi o'ynadi. Ular ham bugun g'alabaga harakat qilishdi. Biroq biz bugun g'alabani ko'proq xohladik. Muxlislarimizni tabriklamoqchiman.
Omadsiz natijalarning eng asosiy sababi jarohatlar bo'ldi. Klub tarixida bir vaqtning o'zida bunchalik ko'p jarohatlar kuzatilmagandi. SHerzod Azamov, Maqsud Karimov, SHuhrat Muhammadiev, Saydullo Rahmatov, Ilhom SHomurodov, Dilshod Rahmatullaev va Erkin Boydullaevda turli jarohatlar bor edi.
Gevorkyan shubhasiz jamoa uchun katta yo'qotish. U 2011 yildan buyon jamoamizning eng etakchi futbolchisi edi. Hayot shunday. Artur vaziyatni o'zgartirishni istadi va "Lokomotiv"ga o'tishga qaror qildi. Bugun Gevorkyan gol urdi va golli pas oshirdi. U haqiqiy professional futbolchi, - deydi Ni.
"Andijon" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar